The New York Times: O‘zbekiston rahbarining sog‘ligi bahslarni uyg‘otdi

O‘zbekistonda ehtimoliy rahbar almashinishi mavzusi shu kunlarda g‘arb matbuotida katta e‘tibor qaratilmoqda.

AQShdagi Nyu York Tayms, Britaniyadagi Ekonomist nashrlari bu mamlakatda rahbar qanday almashadi, kim hokimiyatga kelishi mumkin va jarayon qanchalik sillik kechadi degan masalada maqolalar bilan chiqishmoqda.

O‘zbekistonda prezidentlik saylovi 2015 yil boshiga mo‘ljallangan. Lekin Prezident Karimovning sog‘lig‘i yomonlashgani degan muxolifat tarqatgan xabarlar va Gulnora Karimovaning internetda ayrim qudratli shaxslar haqidagi tanqidiy fikrlari ortidan g‘arbda bir fikr paydo bo‘lmoqda. Bu ham bo‘lsa O‘zbekistonda hokimiyat uchun kurash qizimoqda.

Nyu York Tayms ro‘znomasining yozishicha, "O‘zbekiston Prezidenti, oq sochli kishi har yil o‘tkaziladigan bahor festivalida o‘tirgan o‘rnidan qo‘zg‘alib, bellarini qimirlatib, qarsak chalganicha quvnoq musiqaga raqsga tusha boshlaydi.

Bunda hech bir g‘ayrioddiylik yo‘q, 75 yoshni qarshilagan, O‘rta Osiyodagi aholi eng zich mamlakatni kommunistik tuzum parchalangandan buyon boshqarib kelayotgan Prezident Karimov butun mintaqada nishonlanadigan forsiy bahor bayrami tantanalarida har yili raqsga tushadi".

Biroq bayramdan keyingi sakkiz kun mobaynida Karimov jamoatchilik nazaridan yo‘qolib qoldi va prezident o‘sha raqsga tushgan 19 mart kuni yurak xurujiga yo‘liqqanligi haqida gaplar yuzaga chiqdi. 20 yildan ortiq mamlakatni boshqargan rahbarning to‘satdan vafot etib qolishi O‘zbekistondagi siyosiy vorislik masalasini mubham qilgan, deb yozadi ro‘znoma.

Davlat televideniyesi prezidentga taluqli arxiv lavhalarini aylantira boshlagani yaxshilik alomati emas. Uning to‘ng‘ich qizi 40 yoshli Gulnora Karimova tahlilchilarga ko‘ra, prezidentlikka davogarlardan biri sifatida kurashni boshlab yuborgan deb yeziladi makolada va guyeki BMTning doimiiy elchisi makomini xam topshirgan. Birok biz jurnalistik tadkikot utkazib, bu xabar tasdiklanmaganini anikladik.

Makolada yozilishicha, Hukumat ichidagi manbalarga tayanib xabar berilishicha, mamlakatda siyosiy falajlik paydo bo‘lgan.

Shuningdek makolada, O‘zbekiston Amerika va NATO qo‘shinlari yuklarini Afg‘onistondan olib chiqish uchun qulay hamkor hisoblanar ekan, bu Qo‘shma Shtatlar uchun ham muhim sanaladi. Keyingi ikki yil davomida NATO 70 ming avtomobil va 120 ming konteynerlarini Afg‘onistondan olib chiqishi kerak. Yuklarni olib chiqish uchun temir yo‘l va yaxshi ta‘mirlangan avtomobil yo‘li kerak bo‘ladigan bu amaliyotda O‘zbekiston Pokiston o‘rnida ishlatilishi mumkin.

Bahsli xabarlarning qanchalik to‘g‘riligiga aprel oyining o‘rtasida aniqlik kiritilishi kutiladi. Xabar qilinishicha, Karimov prezident Putin bilan uchrashuvga Moskvaga borishi kerak. Agar u bu safarni bekor qilsa, yanada ko‘proq shubhalarni tug‘dirishi mumkin", - deb yozadi Nyu York Tayms ro‘znomasi.