Qirg‘izistonda "Urkun" isyonini xotirlash milliy totuvlikka rahna soladimi?

Image caption Avstraliya Milliy Universiteti Arab va Islomiy Tadqiqotlar Markazi doktoranturasi talabasi Aminat Chokobayeva milliy munosabatlar yuzasidan Qirg‘izistonda olib borilayotgan siyosatni tadqiq etmoqda

Biz yassi qiyali tor daraga kiraverishda to‘xtadik; o‘ngimizda ulkan qiyalar turardi. Shunday esada men haydovchidan avtobusni aynan shu yerda to‘xtatishni so‘radim. Chunki bu yerda unutilgan isyon qurbonlari uchun noma‘lum yodgorlik bor edi. Bishkekdan ikki soat uzoqlikda joylashgan Boom darasida 1916 yilda Chor hukumatiga qarshi isyonda qurbon bo‘lganlar xotirasiga kichik yodgorlik toshi o‘rnatilgan. Isyonning o‘zi ko‘pchilikka "Urkun" (qirg‘izchada "Qochish") nomi bilan tanish. Bir necha surat olib yana avtobusga minganimni bilaman odamlar meni savolga ko‘mib tashlashdi.

"Bu Andijon qirg‘ini qurbonlariga o‘rnatilgan yodkorlikmi?" - deb so‘radi yosh qirg‘iz yigiti; "Buning nimasi senga qiziq bo‘lib qoldi?" - deb so‘radi o‘rta yoshli qirg‘iz haydovchisi. Axiyri bir rus ayoli "Xudo biladi ular nimani istashgan!" - dedi g‘azab va sabrsizlik bilan. Turli yosh va millat vakillaridan berilgani inobatga olinsa, bu savollar zamonaviy Qirg‘iziston jamiyatida yaqin o‘tmish hodisalari haqida qanday qarash mavjudligi haqida yaqqol tasavvurni paydo qiladi.

Kolonial Markaziy Osiyodagi oxirgi isyon hisoblanmish "Urkun"da qurbon bo‘lgan ko‘plab insonlarning aksariyatini qirg‘izlar va qozoqlar tashkil etadi. Qurbonlar aniq raqamini bilish qiyin, ammo 1916-1921 yillar orasida to‘rt mingga yaqin rus dehqonlari, 200 ming qirg‘iz chorvadorlari yo Chor jazo otryadlari tomonidan o‘ldirilgan yoki ochliq va kasalliklar qurboniga aylanishgan. Fojia miqyosi ulkan esa-da, isyonlar haqida ochiqcha gapirish man qilingandi; bir o‘rta yoshli respondent ta‘biri bilan aytganda: "Ruslar bizning "Urkun" haqida gapirishimizni istashmasdi". Etnik noroziliklar singari ba‘zi hodisalarni "unutish" "Xalqlar do‘stligi"ni o‘ziga shior qilib olgan Sovet Ittifoqida davlat tashviqotining bir qismi sifatida qaralardi.

Sovet Ittifoqining qulashi "Urkun" haqida ochiqcha gapirish imkonini yaratdi. Shunday esa-da, faqat 2008 yilga kelib parlament qurbonlar kunini nishonlash haqidagi qounni tasdiqladi. O‘shanda ham qonun loyihasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining keskin qarshiligiga duch keldi. Qirg‘iz mulozimlarining Moskva bilan munosabatga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashuvini Qirg‘izistonning Rossiyaga bo‘lgan iqtisodiy qaramligi bilan izohlash mumkin. Sobiq Sovet respublikalarida tarixni milliylashtirish harakatlariga nisbatan Kremlning ataylabdan hurmatsiz yondashayotgani ham bu ehtiyotkorlikni ikki baravar kuchaytirgan. Biroq, "Urkun" isyonining 100 yilligi yaqinlashishi barobarida qirg‘in haqida ko‘proq xabardor etish haqidagi chaqiriqlar ham kuchaymoqda. Qirg‘iz rahbarlari so‘zi bilan aytganda, Qirg‘iziston xalqi "Urkun" isyoni haqida bilishi va uni xotirasidan o‘chirib yubormasligi zarur. O‘shandagina "Urkun" qirg‘iz xalqi tarixidagi "qora dog‘" bo‘lib qolmaydi.

Ammo "Urkun"qanday xotirlanishi kerak? Ko‘plab qirg‘iz millatchilari "Urkun"ni qatliom yoki qirg‘in, deb atashadi, boshqalar nazarida esa, u Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi mukammal va o‘zaro foydali munosabatlarga bir oz dog‘ yuqtirgan xolos.

"Urkun" isyoniga bo‘lgan qiziqishning qaytadan kuchayishi yangi milliy o‘zlikni yaratish maqsadida o‘tmishni keng miqyosli va izchil o‘zlashtirishning bir qismidir. Biroq Qirg‘izistonda o‘tmishni o‘zlashtirish siyosiy soxtakorlikdir. Biror kishi ota-onasi Xitoyga ommaviy ko‘chishdan omon qolgan keksa odamlar gaplashgudek bo‘lsa, ularda g‘azab va qirg‘in uchun ajdodlarni ayblash hissi saqlanib qolgani va bu g‘azab etnik slavyanlarga qarshi yo‘nalgani oydinlashadi. 1950 yillarda qirg‘iz Sovet etnograflari to‘plagan suhbatlarda berilgan ko‘rsatmalar milliy zo‘ravonliklarga yaqqol ishora qilsada, matnlarda millatlararo aloqalar mavzusiga o‘ta ehtiyotkorlik bilan, ba‘zi hollarda esa ataylabdan chigallik bilan yondashilgan. Shu bilan birga bu suhbatlarda Sovet davlati tufali qirg‘izlar erishgan taraqqiyot va ozodlik haqida ham so‘z boradi. "Urkun"dan omon qolgan oz sonli shaxslardan biri, Ikkinchi Jahon Urushi ishtirokchisi bo‘lgan 102 yashar otaxon bilan suhbatlashganimda u Leninni iliq so‘zlar bilan xotirladi. Uning ishonishicha, "ulug‘ dohiy" qirg‘izlarni butunlay qirib tashlanishidan saqlab qolgandi.

Alaloqibat, ushbu bahs Sovet Ittifoqining madaniy merosini post-Sovet millatchiligi bilan yarashtirish harakatlariga qarshi turishi shart. Ammo "Urkun" o‘ta millatchi ruhdagi qarashlarga manba bo‘lishi mumkinligiga shubha yo‘q, ammo bechora Qirg‘iziston baquvvat rus ayig‘iga qarshi chiqa oladimi? Yo bo‘lmasa, "Urkun"ni xotirlash tinch kelajakni qurishda muhim rol o‘ynovchi milliy ozchiliklarni yakkalab qo‘ymaydimi?