Shveytsariya prokuraturasi: Tojiboyeva amallarida jinoyat unsuri yo‘q

Shveytsariyaning Jeneva kantoni prokuraturasi taniqli O‘zbek inson huquqlari faoli Mo‘‘tabar Tojiboyeva ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani rad etgan.

Jarayon.com web-sahifasi Jeneva prokuraturasi bu haqda O‘zbekistonning Birlashgan Millatlardagi doimiy missiyasi mulozimi Denis Makarovga yo‘llagan rasmiy bildirish matnini e‘lon qilgan.

Janob Makarov Tojiboyeva hamda yana bir guruh faollarni diplomatik maqomga ega shaxsning mulkiga tajovuz qilishda ayblagan.

Bu kabi ayblovga shu yilning 2 mart kuni faollarning BMT missiyasi rahbari Gulnora Karimovaning uyiga kutilmagan tashriflari sabab bo‘lgan.

Faollar shu tariqa O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi Jenevada qanday dabdabali hayot kechirishiga jamoatchilik e‘tiborini qaratmoqchi bo‘lishganini aytishadi.

Gulnora Karimova esa ularning harakatlarini o‘zini yomonotliq qilishga qaratilgan kampaniyaning bir qismi, deya qoralagan.

BBC Parijdagi inson huquqlari faoli Mo‘‘tabar Tojiboyeva bilan bog‘lanib, Jeneva prokurorining qarori nimani anglatadi, deb so‘radi: