"Cotton Campaign": Paxta dalalaridagi majburiy mehnat to‘xtatilishi kerak

"Cotton Campaign" kaolitsiyasi AQSh rasmiylariga maktub yo‘llab, O‘zbekiston paxta dalalarida bolalar va kattalarni majburiy ishlatish amaliga chek qo‘yish yo‘lida bosim o‘tkazishga da‘vat qildi.

Tashkilotning AQSh Davlat Kotibi Jon Kerri nomiga yozilgan maktubida O‘zbekiston hukumati bu yilgi paxta terish mavsumini kuzatish uchun Xalqaro Mehnat Tashkilotining vakillarini mamlakatga kelishlariga ruxsat bermas ekan maxsus "qora ro‘yxat"ga kiritilishi krakligi aytilgan.

Ushbu ro‘yxatga zamonaviy qulchilikka qarshi yetarli choralarni amalga oshirmayotgan davlatlar kirtilib, oqibati jazo choralarining kritilishiga olib kelishi mumkin.

Maktubda aytilishicha, jahonda ko‘plab mamlakatlar inson tarfikingiga qarshi yetarlicha chora-tadbirlarni amalga oshirmayotgan bo‘lishlari mumkin, lekin O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatni tashkillashtirib, uning ortidan o‘nlarcha yillar mobaynida foyda ko‘rib kelmoqda.

"Cotton Campaign"ning 2012 yil bo‘yicha chiqargan hisobotida yana bir bor paxta dalalariga minglab yosh bolalar va kattalar majburan safarbar qilinganligi aytilgan.

"Davlat xizmatchilari - o‘qituvchi, hamshira, shifokor va qurolli kuchlar askarlari, xususiy shirkatlar xodimlari, oliygohlar talabalari va maktub o‘quvchilari ishdan bo‘shatilish, maoshdan mosuvo etilish, nafaqlarning to‘xtatilishi va o‘qishdan haydalish po‘pisalari ostida paxta terishga majburlandilar", deyiladi ushbu hisobotda.

"Cotton Campaign" mktubida aytilishicha, agarda O‘zbekiston shu yil iyun oyiga qadar Xalqaro Mehnat Tashkiloti kuzatuvchilarini taklif qilmasa maxsus ro‘yxatga kiritilgan davlatlarga nisbatan qo‘llanuvchi jazo choralariga yuz tutuishi kerakligi aytilgan.

Tanqidchilar hozirgi sharoitda AQSh O‘zbekiston hukumatining g‘azabini qo‘zg‘ashdan o‘zini tiyishi lozimligi haqida aytadilar. Chunki Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlari olib chiqish jarayonida O‘zbekiston muhim tranzit nuqtasi sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.

"Lekin bu amalga borish uchun kuchli axloqiy asos mavjud bo‘lishi bilan birga o‘zbek xalqi AQSh zamonaviy qulchilikka chek qo‘yish uchun yetarlicha harakat qilganmi-yo‘qligi albatta eslab qoladi. Bolalar va kattalarning majburiy mehnatiga chek qo‘yishga da‘vat AQSh hukumati O‘zbekistondan talab qilishi kerak bo‘lgan narsalardan biridir", deyiladi "Cotton Campaign" maktubida.

Bir muncha muddat avval O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmati mamlakatda bolalar mehnatidan foydalanish hollari uchun qattiq jazolanishini ma‘lum qilgandi.

"Qishloq xo‘jaligi sohasi, jumladan, paxta dalalarida bolalar mehnatidan foydalanishga izn berilmaydi", - deb aytgandi vazirlik matbuot xizmati.

Lekin shundan keyin ham paxta dalarida o‘quvchilarning yoppasiga terimga safarbar qilinganliklari kuzatilgan. Bundan tashqari katta yoshdagilarning terimga jalb etilishi hollari kengayganligi aytilgandi. Huquq faollari ushbu holtalarni hujjatlashtirib, qayd qilishga muvaffaq bo‘lishgan.