Tojikiston va Britaniya harbiy tranzit masalasida kelishib oldi

Image caption Tranzit haqidagi bitim Tojikiston Tashqi ishlar vaziri va Britaniyaning Dushanbedagi elchisi tomonidan imzolangan

Rasmiy Dushanbe Britaniyaga Afg‘onistondan o‘z harbiy texnikasini olib chiqishda Tojikiston hududidan foydalanishga ijozat bergan.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy va Britaniyaning Tojikistondagi elchisi Robin Ord-Smit payshanba kuni bu haqda bir kelishuv imzolaganlar.

Hamroxon Zarifiyning jurnalistlarga aytishicha, taraflar Tojiston hududi orqali harbiy jihozlarni olib o‘tish masalasida kelishib olgan esalarda, Britaniyalik harbiylarning Tojikiston orqali chiqarilishi masalasi muhokama qilinmagan.

Hamrohon Zarifiyning aytishicha, Britaniya qo‘shinlarini Afg‘onistondan uchoqlarda olib chiqish arzonroqqa tushadi.

Afg‘onistonda to‘qqiz yarim ming nafar askarga ega Britaniya Amerikadan keyin ikkinchi yirik xorijiy kuch hisoblanadi.

2014 yilda Afg‘onistondan 11 hazor konteyner harbiy texnika va 3 mingga yaqin zirhli mashina olib chiqilishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, tranzitga izn bergani uchun Tojikistonni zamonaviy texnika bilan yordam berishga va‘da qilgan.

Britaniya elchisining aytishicha, mamlakati harbiylari Tojikistonga noletal harbiy texnikalarni berishga rozi bo‘lgan.

Bundan tashqari Britaniya o‘z harbiy tizimlarida tojikistonlik zobitlarni tayyorgarlikdan o‘tkazishga izn bergan.

Britaniya o‘z harbiy texnikasini olib chiqishda nafaqat Tojikiston, balki O‘zbekiston temir yo‘llaridan foydalanishini ham ma‘lum qilgan.

Hozirga qadar Britaniyalik qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish kuni aniq belgilangani yo‘q, ammo Britaniya elchisi Ord-Smitning ishonishicha, bu jarayon "yaqin kelajakda" boshlanadi.