Birma: Musulmonlar yana shafqatsiz hujumga tutilmoqda

Birma politsiyasi olgan videolavhalar u yerdagiko‘pchilik buddaviylar ozchilik jamoa bo‘lmish musulmonlarni qanday shafqatsiz hujumga tutishayotganini ko‘rsatgan.

G‘azabnok buddaviylar musulmonlarning uylari va tijoratlariga o‘t qo‘yishgani, himoyasiz musulmonlarni ko‘chada yoshlab yo tiriklayin yoqib yuborishgani, yo qilich bilan chopib tashlashgani tasvirga olingan.

Buddaviy rohiblar olomonga yetakchilik qilishmoqda. Ular musulmonlar birmalik emas deb qichqirishgan.

"Musulmonlar buddaviylarga hujum qilishibdi" degan mish-mish ortidan ko‘chaga chiqqan olomon zo‘ravonlikni boshlab yuborgan.

So‘nggi oylari Birmaning Rohinja musulmonlari qaqshatqich hujumlarga tutilmoqda.

Yuzlab odamlar o‘ldirildi, tijoratlar talandi, uylar buzildi. O‘n minglab odamlar uysiz va mol-jonini saqlolmay sarson-sargardon.

Lekin na xalqaro hamjamiyat, na demokratiya yo‘liga o‘tganini iddao qilayotgan Birma hukumati musulmonlar muammolarini hal qilishga shoshilmayotir.