Iroqliklarga soxta bombani aniqlovchi jihozlar sotilgan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

London mahkamasi britaniyalik ishbilarmonnni soxta bombani aniqlovchi jihozlar sotganlikda aybdor, deb topgan.

Jeyms Makkormik Iroq, Saudiya Arabistoni va Gurjistonga sotilgan soxta detektorlardan millionlab dollar pul qilgan.

Mahkamaning aniqlashicha, jihozlar golf to‘pchalarini topishda ishlatiladigan moslamadan boshqa narsa bo‘lmagan.

Bu qalloblik yuzasidan tekshiruvlar BBC muxbiri Kerolayn Xoulining ikki yil avval tayyorlagan lavhasidan boshlangandi.