Boston portlashlari: Johar Tsarnayev qamoqxonaga o‘tkazildi

Image caption Boshi, bo‘yni, oyog‘i va qo‘lidan yaralangan Johar savollarga yozma javob bergani xaqida xabarlar chiqqandi.

Qo‘shma Shtatlar politsiyasiga ko‘ra, Boston portlashlarini amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan Johar Tsarnayev shifoxonadan shahar g‘arbidagi qamoqxonaga ko‘chirilgan.

19 yoshli Johar Tsarnayev bir hafta oldin keng ko‘lamli politsiya qidiruv amaliyotlari chog‘i qo‘lga olinganidan beri shifoxonada qolayotgandi.

Uning o‘q tegishi natijasida bo‘ynidan olgan jarohati va tanasidagi qidiruvlar payti yetgan shikastlar tuzalayotgani aytiladi.

Yana bir gumondor Joharning akasi Tamerlan Tsarnayev o‘ldirilgan.

Boston marafoni yakunida yuz bergan portlashlarda 3 kishi nobud bo‘lgan va 260dan ortiq inson yaralangan.

Hafta boshlarida Johar Tsarnayevga o‘limga olib keluvchi ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanganlikka oid ayblov e‘lon qilingan.

Boshi, bo‘yni, oyog‘i va qo‘lidan yaralangan Johar savollarga yozma javob bergani xaqida xabarlar chiqqandi. U tomog‘idagi jarohati tufayli gapirishga qodir bo‘lmagan.