BBC mehmoni - tojikistonlik iqtidorli jurnalist, Farhod Jo‘rayev

Image caption Farhod Jo‘rayev Tojikistonda qalam tebratayotgan iqtidorlik o‘zbek jurnalistlaridan

Tojikistonlik iqtidorli jurnalist Farhod Jo‘rayev bbcuzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimiz savollariga javob beradi.

Farhod Jo‘rayev Sug‘d viloyatida o‘zbek tilida nashr etiluvchi davlat hokimiyati ijroiya organining "Sug‘d haqiqati" gazetasida besh yildan buyon muharrirlik qiladi.

BBC mehmoni 1982 yil 19 noyabrda Tojikiston shimolidagi Sug‘d viloyati Bobojon G‘afurov tumanida tavallud topgan.

O‘rta maktabni "oltin medal" bilan tugatib, tahsilni Xo‘jand Davlat Unversiteti jurnalistika va tarjima nazariyasi bo‘limida davom ettirgan.

O‘z mehnat fa‘oliyatini avval mahalliy radioda boshlab, keyinroq Bobojon G‘afurov tumanida yoshlar bilan ishlash, sport va turizm, ideologiya va jamiyat tashkilotlari bilan ishlash bo‘limlarida mudir vazifasida fa‘oliyat olib borgan.

2008 yildan Sug‘d viloyati davlat xokimiyati ijroiya organining "Sug‘d haqiqati" gazetasida bosh muharrir vazifasida fa‘oliyat olib bormoqda.

"Sug‘d haqiqati" gazetasi haftada ikki marta, 8 sahifada chop etiladi.

Tojikiston jurnalistlar va xalqaro jurnalistlar konfederatsiyasi a‘zosi.

Tojikiston matbuoti va madaniyati a‘lochisi.

Ijtimoiy masalalarda jurnalistik tadqiqotlar olib borgan.

Farhod Jo‘rayevning bir necha maqolasi, shuningdek, "terrorizm masalalarining tojik matbuotida yoritilishi"ga bag‘ishlangan.

Unga savollaringizni sahifamiz ostidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.