Bangladesh kiyim-kechak ishlab chiqarish sanoati qorong‘u dunyosi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bangladesh poytaxti Dakka tashqarisida 8 qavatli inshootning qulab tushishi oqibatida 400ga yaqin inson nobud bo‘ldi, yana ko‘plab odamlar bedarak qolmoqda.

Binoda G‘arb uchun kiyim-kechak tikadigan korxonalar joylashgan bo‘lgan.

Politsiya inshoot xo‘jayinlari bir kun oldin bino devorlarida paydo bo‘lgan yoriqlarga e‘tibor berishmaganini aytadi. Kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi eng yirik sanoatlardan biri Bangladeshda.

G‘arb shirkatlari ana shu ishchi kuchi arzon sanoatdan foyda ko‘rishadi.

Bangladesh kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonalari ishchilar huquqlarini cheklash, juda kam miqdorda haq to‘lish va ko‘pda o‘ta xavfli ish sharoitlari bois qattiq tanqid ostiga olinadi.

BBC muxbiri Endryu Nors arzon kiyim-kechakning bangladeshlarga qanchalar qimmatga tushayotgani, G‘arb uchun kiyim-kechak tikadigan ayrim korxonalar bolalar mehnatidan foydalanayotganiga oid faktlarni o‘rgangan.