Johar Tsarnayevning do‘stlari unga yordam bermoqchi bo‘lganlarmi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Boston portlashlarida gumon qilingan Johar Tsarnayevning uch kursdoshiga nisbatan ayblov e‘lon qilingan.

Qozog‘istonlik Azamat Tajayakov va Diyas Qadirbayev, politsiyaga ko‘ra, Tsarnayevning yotoqxonasidan portlashlarga aloqador jihozlarni olib chiqib tashlashgan.

Ular dalillarni yo‘qotish bilan adolatni yuzaga chiqishiga to‘sqinlik qilishda ayblanishmoqda.

Uchinchi shaxs - Robel Filiposga esa, tergovchiga yolg‘on gapirganlik ayblovi qo‘yilmoqda.