Isroil politsiyasi Quddus muftiysini so‘roq qildi

Image caption Shayx Muhammad Huseyn 6 soat davomida so‘roq qilingan

Seshanba kuni musulmon va yahudiy ibodatchilari to‘qnashishi ortidan Isroil politsiyasi musulmonlarning Quddusdagi eng yuqori martabali ruhoniysini qisqa muddat hibsda ushlab turgan.

Quddus muftiysi Shayx Muahammad Huseyn eski shahardagi al-Aqso masjidi tashqarisida yuz bergan "tartibsizliklar"ga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan.

Politsiya uni olti soat davomida so‘roq qilgach, hech qanday rasmiy ayblovlarsiz, qo‘yib yuborgan.

Al-Aqso masjidi joylashgan hudud musulmonlar va yahudiylar o‘rtasida taqsimlab berilgan va bu yerda zo‘ravonliklar tez-tez yuz berib turadi.

Bu yer musulmonlarga Haram al-Sharif, yahudiylarga esa Ibodat Tepaligi, deb atashadi.

Seshanba kungi to‘qnashuvlarda, xabarlarga ko‘ra, musulmonlar haram sahniga kirgan yahudiylarga qarata stullarni uloqtirishgan.

Musulmonlar masjid hovlisiga yahudiylarning kirishini "fitnajo‘ylik" deb atashadi. Yahudiylar hovliga kirishlari mumkin, ammo u yerda ibodat ibodat qilishlari yoki diniy marosimlarni o‘tkazishlari taqiqlangan.

Tartibni buzganlar politsiya tomonidan hovlidan chiqarib yuboradi.

Seshanba kungi to‘qnashuvlar Isroilda "Quddus Kuni" nishonlanayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

1867 yili ayni kunda Isroil Quddusning sharqiy qismini bosib olgandi.

O‘sha jangdan keyin Isroil Sharqiy Quddusni o‘z tasarrufiga kiritdi, ammo xalqaro hamjamiyat uning bu qadamini e‘tirof etgani yo‘q.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Shayh Huseynni "darhol qo‘yib yuborish"ni talab qilgan.