AQSh: Yangi Orleanda otishma sodir bo‘lgan

Image caption Hodisada 19 kishi yaralangan, politsiyaga ko‘ra ularning jarohati og‘ir emas.

Yangi Orlean shtatida Onalar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram namoyishi payti otishma yuz bergan.

Politsiyaga ko‘ra, hodisada 19 kishi: 10 erkak, 7 ayol va ikki bola jarohatlangan.

Guvohlar uch kishi turli qurollardan o‘q otganini ko‘rganlar.

Politsiya voqeaning sabablarini tekshirib, gumonlangan odamlarni qidirmoqda. Politsiya vakili Meri Bet Roumigning aytishicha bu terrorchilik hujumi emas.

Hujumni sodir qilganlar haqidagi ma‘lumot uchun 2,5 ming dollar mukofot e‘lon qilingan.

Otishma tushki soat ikkida odamlar bilan gavjum chorraha amalga oshirilgan. Voqea joyida 200 tacha odam to‘plangan bo‘lgan.

BBC muxbiriga ko‘ra, otishma Yangi Orleanning "Katrina" to‘fonidan zarar ko‘rgan kambag‘al tumanlaridan birida sodir etilgan.

Bundan oldin ham bu shtatda "Mardi-Gra" karnavali o‘tayotganda otishma yuz bergan, to‘rt kishi yaralangandi.