"O‘zbekistonda ham Arab davlatlaridagi kabi inqilobiy jarayonlar yuz berishi ehtimol"

11 may kuni Istanbulda Andijon qurbonlarini xotirlagan o‘zbek muxolifati vakillari O‘zbekistondagi mavjud tuzumni tinch yo‘l bilan o‘zgartirish tarafdori ekanliklarini aytishgan, ammo ayni paytda siyosiy va iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilmasa, Arab davlatlaridagi kabi inqilobiy jarayonlar yuz berishi ehtimolidan ogohlantirishgan.

Pahlavon Sodiq O‘zbekiston Xalq Harakati muvofiqlashtiruvchisi Namoz Normo‘min, professor Aliboy Yo‘lyaxshiyev hamda turkiyalik yozuvchi Chig‘atoy Ko‘charlarni suhbatga tortgan. Suhbatni Namoz Normo‘min boshlab beradi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi