Rossiya xavfsizlik xizmati: "Amerika josusini ushladik"

Image caption AQSh elchiligi xabarga munosabat bildirmadi

Rossiya matbuotining xabar qilishicha, Moskvada rus josuslaridan birini yollashga uringanlik Markaziy Josuslik Byurosi agenti qisqa muddat hibs qilingan.

Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmatiga ko‘ra, gumondor Qo‘shma Shtatlar rasmiylariga topshirilgunga qadar tun bo‘yi ushlab turilgan.

Ayni paytda AQSh elchixonasi xodimi sifatida faoliyat olib borgan ushbu shaxsning yuzini yerga qaratib turgan fotosuratlari ham paydo bo‘lgan.

Amerikaning Moskvadagi elchisi Maykl Makfol esa, Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Xabar qilinishicha, gumondor katta miqdorda naqd pul, texnik uskunalar va yozma ko‘rsatmalar bilan qo‘lga olingan.

Bu ashyolar bari u yollashga uringan agent uchun bo‘lgani aytiladi.

Ismi sharifi Fogl Rayan Kristofer deyilayotgan josus Qo‘shma Shtatlar elchixonasida uchinchi siyosiy kotib sifatida faoliyat olib borgan.

AQSh elchiligi ushbu xabarga hozircha munosabat bildirmagan.

Ammo, janob Fogl qo‘lga olingan payti deya tushunilgan fotosuratlar Rossiya matbuoti vebsahifalarida chop etilgan.

Rossiya va AQSh Boston marafoni payti yuz bergan portlashlar ortidan xavfsizlik masalasida hamkorlikni kuchaytirish istagida ekanlarini bildirishgandi.

BBC muxbiriga ko‘ra, Suriyadagi inqiroz bois AQSh-Rossiya munosabatlari o‘ta nozik pallada turgan esa-da, FSBning Markaziy Josuslik Byurosi agentini fosh etgani borasidagi da‘volari uzoq muddatli siyosiy oqibatlarga yetaklaydigan ko‘rinmaydi.