Tsiklon yaqinlashayapti, biroq Roxingalar ketolmaydi

  • 15 Май 2013

Bangladesh va Birmada istiqomat qiladigan yuz minglab odamga sohildan yuqoriroq hududlarga ko‘chish buyrug‘i berilgan.

Bashoratlarga ko‘ra, Bangol bo‘g‘zoda boshlangan Maxasen tsikloni 16-17 may kunlari Bangladesh va Birma hududlariga yopiriladi.

BMT ogohlantirishicha, tabiiy ofat bu hududlarda 8 million insonning hayotiga xavf tug‘dirmoqda.

Biroq o‘tgan yil Birmaning Raxine shtatidagi buddoyilar bilan musulmonlar o‘rtasidagi nizolardan qochgan Roxanga musulmonlari Birma ichkarirog‘iga kirishdan qo‘rqishmoqda, ular sohildan ko‘chish buyrug‘iga bo‘ysunmaganlar.

"Men hayotimdagi hamma narsani yo‘qotdim. Men hech qayoqqa ketmayman. O‘ladigan bo‘lsam, shu yerda o‘laman", deb aytgan qochqin musulmonlardan biri.