Mahasen tsikloni Bangladesh va Birmaga yetib bordi

Bangladeshning janubiy qirg‘oqlari kesishgan joyda Mahasen tsiklonining boshlanishi oqibatida odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

Payshanba kuni tezligi soatiga 100 km bo‘lgan to‘fon Ratuxali tumaniga yopirilib, so‘ngra Chittagong va Koks-Bazar bandargohlari tomon yo‘nalgan.

Bangladesh rasmiylariga ko‘ra, to‘fon bir kishini nobud qilgan.

Yuz minglab odamlarni Bangladesh va Birmaning tsiklon markazidan pana hisoblangan tumanlariga ko‘chirish buyurilgan.

Biroq Birmaning boshpanasiz qolgan ko‘plab aholisi, aksariyati roxingalar hukumatning yuk tashuvchi mashinalariga o‘tirib Rakxin shtatidagi jamlog‘larga ko‘chishni xohlamayaptilar.

Birma buddoyilari tomonidan o‘zlariga nisbatan sodir etilgan qonli qirg‘indan so‘ng Roxinga musulmonlari hukumatning qutqaruvchilik yordamlariga shubha bilan qarashmoqda.

Xla Maung degan kishi musulmon va buddoyilar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvdan so‘ng onasi va ikki qizini yo‘qotgan." Men hamma narsamdan ayrildim. Endi shu yerda qolaman. O‘lsam ham shu yerda o‘laman", - deb aytgan u.

BMTning ogohlantirishicha, Bangladesh , Birma va shimoli-sharqiy Hindistonda 8,2 million insonga Mahasen tsikloni xavf solib turibdi.

Markazlar to‘lgan

Bangladesh rasmiylari Chittagon va Koks Bazar atrofidagi tumanlarga nisbatan xavf yuqori hisoblanishini bildirishmoqda.

Ayni damda Bangladesh Metereologiya Departamentining direktori Shamsiddin Ahmad to‘fon "jiddiy talofotlar" olib kelishi kutilmayotganini ma‘lum qilgan.

Uning aytishicha, "To‘fon qirg‘oqqa urilgach, o‘z kuchini qayta tiklolmaydi".

Bangladeshda ko‘plab uylar suv ostida qolgani aytilmoqda. Shuningdek to‘lqin yana yopirilishi xavfi saqlanib turibdi. Dakkadagi BBC muxbiri shaharda hamma maktab, o‘quv yurtlari va bir qancha mehmonxonalardan jamlog‘lar sifatida foydalanilmoqda. Biroq bu markazlar ko‘chirilgan odamlarga to‘lib ketgan.

Koks Bazar va Chittagongdagi aeroportlar tabiiy falokat qahri bosilmaguncha yopiq qoladi.

Ayni paytda Birma rejalashtirish vaziri Tin Naing Teyn mas‘ullarni "irqiy va diniy kelib chiqishidan qat‘iy nazar barcha odamlarga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatilishi"ni buyurgan.

Muxbirlarga ko‘ra, to‘fon hukumat uchun Roxinga musulmonlariga nisbatan munosabatini sinab ko‘radigan bir sinov bo‘lishi mumkin.

Seshanba kuni g‘arbiy Birmada to‘fondan o‘zlarini qutqarmoqchi bo‘lgan roxingalar o‘tirgan qayiq ag‘darilib, kamida 50 inson o‘lgani xabar qilingandi.