Kobulda xudkush hujumchi xorijliklar karvonini nishonga olgan

Mahalliy politsiya xabar qilishicha, xudkush hujumchi xorijliklarning zirhli avtomobillari karvonini Afg‘oniston poytaxti Kobulda nishonga olgan.

Portlash oqibatida olti inson, ular orasida ikki nafar bola ham halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohatlangan.

Portlash mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8 da sodir bo‘lgan.

NATO yetakchiligidagi ISAF kuchlaridan aytishlaricha, xorijliklar orasidagi talofotlar haqidagi xabarlar o‘rganilmoqda.

Kobul politsiyasi rahbari general Salangi aytishicha, portlovchi moddalarga to‘la Toyota Corolla rusumidagi avtomobilni boshqargan xudkush hujumchi Kobul shahri sharqidagi Kartai Nov tumanida xorijliklarning ikki harbiy avtomobili oldida portlatgan.

Juda kuchli portlash ro‘y bergan.

Portlash atrofdagi bir necha binoni vayron etgan.

Tuman ustida ulkan tutun ko‘tarilgan.

Kobulliklar diplomatlar yashaydigan hudud ustida tikucharlarni ko‘rganlar, hodisa joyiga tibbiy tez yordam mashinalari shoshilgan.

Portlash joyi o‘rab olingan.

Tolibonga aloqasi bor "Hizbi Islomiy" guruhi portlash uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

Afg‘oniston poytaxtida so‘nggi xudkushlik hujumi shu yil mart oyida AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel Kobulga tashrif buyurgan paytida Mudofaa vazirligi darvozasida sodir etilgan edi.

O‘shanda to‘qqiz Afg‘on halok bo‘lgan.

May oyi Afg‘onistondagi ISAF kuchlari uchun halokatli bo‘lgan.

Turli hodisalarda kamida 15 chet ellik halok bo‘lgan.