AQSh senati: "Apple" soliqlardan bo‘yin tovlaydi"

Image caption AQSh Senati "Apple" shirkatini soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblamoqda.

AQSh Senati maxsus qo‘mitasi kompyuyet texnologiyalarini ishlab chiquvchi "Apple" shirkatini soliq to‘lashdan qochishga urinishda ayblab chiqdi.

Qo‘mitga ko‘ra, "Apple" ofshor bo‘linmalari orqali ish yuritib milliardlab dollar soliqlarni to‘lamaslikka harakat qiladi.

"Apple" shirkatining rahbari bugun Senat a‘zolari o‘ngida paydo bo‘lib bu borada savollarga javob berishi kutilmoqda.

Shirkatning aytishicha, soliq to‘lamaslik uchun turli "o‘yinlar"dan foydalanmaydi.

"Apple" ning naqd pulda 145 milliard dollarga ega ekanligi aytiladi. Ulardan 102 milliardini ofshor hisoblarida ushlar ekan.

"Apple" 2012 yili 6 milliard dollar soliq to‘lab, mamlakatda eng ko‘p soliq to‘lovchi shirktalar orasida bo‘lganligini aytgan.

AQShda ba‘zi shirkatlar 35 foiz soliq to‘lamaslik maqsadida xorijda qo‘lga kiritgan foydalarini mamlakatga olib kelmaslikka harakat qiladilar.

Amerikada shirkatlar uchun soliqlar jahondagi eng yuqorilaridan hisoblanadi.

Lekin odatda shirkatlar turli imtiyozlar tufayli aslida anchayin kamroq soliq to‘laydilar.

Senat a‘zosi Jon Makkeynning aytishicha, "Apple" bir qarashda eng ko‘p soliq to‘lovchiga o‘xshaydi, lekin shirkat miqyoslari nazarda tutilsa soliq to‘lashdan bosh tortayotgan eng yirik shirkatdir.

"Apple"ning aytishicha esa, o‘z maxsulotlarining yirik qismini xorijda sotganligi va o‘sha mamlakatlarda kerakli soliqlarni to‘lagani uchun foydani AQShga olib kelish lozim, deya hisoblamaydi.

"Apple" soliqlarni to‘lashdan bosh tortishda ayblanayotgan yirik xalqaro shirkatlardan navbatdagisidir.

Buyuk Britaniyada ham Starbucks, Google, Amazon and Facebook kabi shirkatlar o‘ta kam soliq to‘lashda ayblanganlar.

Bu shirkatlarning birontasi noqonunuiy amalga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa ham, muammo anchayin qizg‘in bahslarni keltirib chiqarmoqda.

"Adolatli soliqlar uchun" fuqaro faollari guruhiga ko‘ra, ofshor hisoblarida pullarini ushlagan shirkatlar tufayli AQSh hukumati kelgusi 10 yil ichida 600 milliard dollar yo‘qotishi mumkin.