Hojatxona qog‘ozini qayerdan topsa bo‘ladi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hozir Venesuela supermarketlarida qay bir mahsulot anqoning urug‘iga aylanganini aytsam, balkim ishonmassiz: Hojatxona qog‘ozi...

Yaqindagina neftga boy bu mamlakatda odamlar do‘konlarda sut, yog‘ va qahva kabi eng oddiy mahsulotlarni topolmay, sarson bo‘lishgandi.

Endi esa, hojatxona qog‘ozi hammaning dardiga aylangan.

Ayrim iqtisodchilarga ko‘ra, mahsulotlar taqchilligiga sotsialist hukumatning narx-navoni nazorat etish siyosati sabab bo‘lmoqda.

Muxbirimiz Mourisio Moraes videolavhasida batafsilroq.