Rossiyadan o‘lib kelayotgan xorazmliklarning soni ortmoqda

Xorazmdagi Najot inson huquqlari guruhining aytishicha, shu yil boshidan buyon viloyatga Rossiyadan 14 nafar mehnat muhojirlarining jasadi kelgan.

Ularning eng so‘nggisi xonqalik Gulsanam ismli 26 yashar kelinchakning jasadidir.

Muhojirlar o‘limining sabablari borasida ularning oilalari ko‘pincha hech narsa bilishmaydi.

Mahalliy hokimiyat esa na jasadlarni olib kelishga yordam beradi va na boquvchisiz qolgan oilalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatadi.

Inson huquqlari faoli Hayitboy Yoqubovga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Rossiyadan o‘lib kelayotgan xorazmliklarning soni ortgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi