Lukoyl O‘zbekistonga sarmoyasini kamaytirgani nimani anglatadi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyaning Lukoyl shirkati O‘zbekistonga sarmoyasi hajmini kamaytirgan.

Rasman e‘lon qilinishicha, shu yilning 1 choragida Rossiyaning yirik energiya shirkati O‘zbekistonga 96 million dollarlik investitsiya kiritgan, bu o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda sarmoya hajmi 3 dan biriga qisqarganini anglatadi.

Lukoyl O‘zbekistonda muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan Rossiya shirkatlaridan biri sifatida tilga olinadi.

Xo‘sh, Lukoylning bir choraklik investitsiyasi hajmi kamayishi nimani anglatishi mumkin?

Biz ushbu savolni iqtisodiy masalalar bo‘yicha tahlilichi Anvar Husainovga berdik