Johar Tsarnayevning ashaddiy muxlisalari paydo bo‘lgan

Image caption "Johar qotillikka qodir emas, chunki u "juda chiroyli", deb ishonishadi muxlisalar.

Aka-uka Tsarnayevlar AQShda juda mashhur bo‘lmasa ham, ularning o‘z muxlisalari paydo bo‘la boshlagan.

Ayniqsa 19 yoshli Johar Tsarnayevning minglab muxlisalari mavjud. Ularning ishonicha, Johar qotillikka qodir emas, chunki u "juda chiroyli".

"Bechora bola!" - deya xo‘rsinadi u bilan tanish bo‘lgan rus rassom qiz Boston portlashlaridan so‘ng. Men u portlashda halok bo‘lgan 8 yoshli Martin Richard haqida gapiryapti, deb o‘ylabman. Unday emas ekan. Bu ayol 26 yoshli Tamerlan Tsarnayevni nazarda tutgan ekan. Agar tergov xodimlariga ishonilsa, Tsarnayev 8 yoshli boladan tashqari yana ikki ayolni ham o‘ldirgan, to‘rt kun politsiyachini, bir yarim yil oldin esa uch tanishining umriga zomin bo‘lgan.

Joharga muhabbat

Johar hozircha Boston marafonining final chizig‘idagi portlashda ayblanmoqda. Uning yuzlab muxlisalari esa Joharni aybsizligiga ishonchlari komil va o‘z his-tuyg‘ularini ijtimoiy tarmoqlar orqali izhor etishadi.

Ko‘p ming kishilik muxlislar armiyasi uni Johar deb emas, balki jaragliroq eshitilishi uchun Jahar(Jahar), deb atashmoqda va internet sahifalarini Free Jahar, ya‘ni "Jaharga ozodlik" kabi shiorlar bilan to‘ldirishmoqda.

"Ertaga menga Jaharning tvitlaridan birini igna bilan yozishadi!" - deb hayajon bilan xitob qiladi Kanzaslik 18 yoshli Alisha ismli qiz.

Johar Boston portlashidan bir hafta oldin Twitterdagi blogida "Agar senda bilim va ilhom bo‘lsa,sen faqat harakat qilishing kerak bo‘ladi", - deb yozib qoldiradi.

Kanzaslik Alisha keyingi kun o‘zining rejasini orqaga surishga to‘g‘ri keladi, bunga uydagilari uni uydan haydash bilan tahdid qilganlari sabab bo‘ladi. Alisha Joharning aybsizligiga ishonadi va u uchun oxirigacha kurashishga tayyor.

Alisha shu bilan birga o‘zining Joharning muxlisasi emas, balki aybsizlik prezumptsiyasining muxlisi ekanini aytadi.

Twitterdagi hamdardlik

Joharning tarafdorlari uni maxsus xizmatlar chuv tushirgan deb bilishadi. Joharni yoqlaydigan sabablardan biri "U juda chiroyliligi sabab aybdor bo‘lolmaydi".

Bu ibora internetda tez-tez yangrab turgani bois, tarqalishi ham shuncha tez bo‘ldi.

Joharning himoyachilari ularni "fanatlar", deb atashlaridan xafa bo‘lishadi. "Men shuni ta‘kidloqchimanki, men muxlisa emasman, - deydi 19 yoshli Ogayolik Walmart univermagiga ishga kirishni orzu qiluvchi Ariel Barns. - Menda u mening ukam, degan his bor.

Boshqa hamdard Twitterda shunday yozadi: "Jahar faqat kitob bo‘lgan yolg‘iz kamerada jinni bo‘lib qolishi mumkin. .. Men unga pul yuborishni xohlayman... Kimdadir uning manzili bormi?"

"Bechora Jahar, - deydi yana biri. - U endi 19 ga kirdi...Hech kim 10 ga 10 kamerada o‘tirishga loyiq emas... Hech kim".

Bonni i Klayd sindromi

Joharning muxlisalari tezlik bilan oshib borayotgani muxbirlar "gibristofiliya" terminini qidirib topishiga olib keldi. "Gibristofiliya" - Bonni va Klayd sindromi" 1930-yillardagi taniqli o‘g‘rilar Bonni Parker i Klayda Berroularning sharafiga qo‘yilgan iboradir.

Mutaxassislarning bildirishicha, Gibristofiliya - jinoyatchilarga nisbatan o‘ta kuchli jinsiy talpinishdir.

Ommaviy qotil Teda Bandi o‘nlab muxlislari tomonidan muhabbat maktublari, pul va sovg‘alar bilan siylangan. Mahkama zaliga ham kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Boshqa bir ommaviy qotil Djeffri Damer ham shunday marhamatga sazovor bo‘lgan muxlislari tomonidan.

Richard Ramires esa turmaga 75 ta muhabbat izhori yuborgan muxlisasiga uylanishga qaror qilgan.

Nega ular maktub yozishadi, ruhshunoslar ularning holatini o‘rganishicha, ko‘pchilik muxlisalar qotilni qayta tarbiya qilish mumkin, degan o‘yda shu yo‘lni tutishadi. Boshqa bir toifasi jinoyatchini kichik bola sifatida ko‘rishadi. Uchinchi toifadagilar qotil bilan birga mashhur bo‘lishni orzu qilishadi.

Ruhshunosning fikricha, "Men uni adolatli sud qilishlarini istayman, deyishsada, aslida shon-shuhratga 15 daqiqaga bo‘lsa ham burkanish istaklarini yashirishadi".

Slate saytining muxbiri Xanna Rozen esa o‘zi gaplashgan ko‘pgina ayollarda Joharga nisbatan "onalik mehri, hamdardligi" sezilib turganini aytgan.