O‘zbekistonda o‘qituvchilar dala ishlariga safarbar etilayapti

O‘zbekistonda davlat byudjetidan maosh oluvchi xodimlarning ommaviy ravishda dala va boshqa yumushlarga jalb etilayotgani borasida xabarlar kelmoqda.

Norasmiy O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati tarqatgan xabarda aytilishicha,shu kunlarda Namangandagi maktab o‘qituvchilaridan pilla mavsumi uchun deya 40 ming so‘mdan pul yig‘ib olinmoqda.

So‘nggi yillarda bolalar mehnati uchun xalqaro tanqidlar ostida qolgan O‘zbekistonda kattalar ommaviy ravishda dala ishlariga safarbar etilayapti.

Namangandan huquq faoli Zohidjon Zokirovning aytishicha, o‘qituvchilar majburiy mehnatdan norozi, ammo ularning shikoyatini tinglaydigan odam yo‘q.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi