Ekologiya kuni: O‘zbekiston qanday ekologik muammolarga yuz tutmoqda?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

5 iyunda jahon bo‘ylab Ekologiya kuni nishonlanmoqda. Mazkur kun barcha mamlakatlar ahli va hukumatlarini global ekologik muammolar haqida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lish, tadqiqotlar olib borish va ekologik muammolarni bartaraf etish yo‘lida chora ko‘rishga undaydi.

Bu yil Ekologiya kunining mavzusi "O‘yla.Iste‘mol qil.Asra" deb nomlangan.

Bu yilgi kampaniya har yili isrof qilinadigan yirik miqdordagi oziq-ovqat muammosiga asosiy e‘tiborni qaratadi. Unga ko‘ra, agar oziq-ovqat isrof qilinmay iste‘mol qilinsa, uning ishlab chiqarilishi uchun ham kamroq energiya sarflanadi.

Kampaniya, shuningdek, odamlarni o‘zlari iste‘mol qilayotgan oziq-ovqat borasida yetarlicha ma‘lumotga ega bo‘lishlari va bu oziq-ovqatning ekologik ta‘sirini hisobga olishlariga chaqirdi.

1973 yildan beri nishonlanadigan Ekologiya kuni iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar va mojarolar, zaharli chiqindilar, ekologik boshqaruv, hamda tabiiy zahiralardan samarali foydalanish kabi muammolarga e‘tiborni qaratib keladi.

Bu safar ham Ekologiya kuni nishonlanmoqda ekan, yer kurrasining turli nuqtalarida mavjud bo‘lgan atrof-muhit muammolari tilga olinmoqda.

BBC O‘zbekiston hududidagi ekologik manzara va undagi muammolarni bilish uchun "Amudaryo ekologiyasi" kitobi muallifi, ekolog, professor Ahmadqul Ergashevga murojaat etdi.

Janob Ergashevga ko‘ra, O‘zbekistondagi ekologik muammolar asosan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liqdir.

Quyida u bilan olib borilgan suhbatni tinglang.

Siz O‘zbekistonda qanday ekologik muammolar dolzarb deb bilasiz? Sizningcha ularni hal etish bo‘yicha samarali kurash olib borilayaptimi?