Teliasonera bilan Gulnora Karimova o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash v isbotlash nima uchun muhim?

Image caption Yangi hujjatlardagi dastxat aynan Gulnora Karimovaga tegishli ekanligini aniqlash yana ko‘p narsalarga oydinlik kiritishi mumkin.

Shvetsiyada tekshiruvchilar Teliasonera mobil telefon shirkatining O‘zbekistondagi korruptsion faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan jurnalistik tekshiruvda ishlatilgan hujjatlarni ularga taqdim etilishini so‘raganlar.

"Missiya tekshiruv", deya nomlangan hujjatli filmda Teliasoneraning O‘zbekistonda biznes yurgizish imkoni uchun mamlakat prezidenti qiziga yaqin kishi tomonidan boshqarilgan shirkatga 300 million amerika dollari to‘lagani borasida hujjatlar ko‘rsatilgandi. Keyinroq, ushbu dasturda Taliasonera to‘g‘ridan to‘g‘ri Gulnora Karimova bilan muzokaralar olib borganligi haqida hujjatlar taqdim qilinib, shirkat o‘zi uchun himoya yo‘lida Karimova xonimning xayriya tashkilotlariga haq to‘laganligi da‘vo qilindi. Bu hujjatlarda Gulnora Karimova shaxsan o‘zi yozgan dastxatlar borligi aytildi. Missiya tekshiruvga ko‘ra, huddi ana shu hujjatlarni tekshiruvchilar talba qilmoqdalar. Teliasonera Karimova xonim bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lganligi va umuman har qanday qonunbuzarlikka qo‘l urganligini rad etib kelmoqda. Karimova xonimning o‘zi ham Shvetsiya jurnalistlari iddaolarini rad etgan. Biz bu jurnalistik tekshiruvlarni olib borganlardan biri Frederik Louren bilan suhbatlashdik:

Frederik Louren: Bundan maqsad shuki, tekshiruvchilar aynan Gulnora Karimova bu hujjatlardagi dastxatlarningg egasi ekanligi va bu hujjatlar uning qo‘lidan o‘tganligini aniqlashtirmoqchilar.

BBC: Ya‘ni ular bu hujjatlardagi dastxat aynan Gulnora Karimovaga tegishli ekanligini aniqlash istagidalar, shundaymi?

Frederik Louren: Ha, ular huddi biz o‘tkazgan tahlil va sud-meditsina ekspertizasini o‘tkazmoqchilar. Lekin ular bu kabi tekshiruvni mustaqil ravishda, o‘z tekshiruvlarining bir qismi sifatida o‘tkazmoqchilar. Bundan tashqari ular biz o‘tkazmagan yana qo‘shimcha tekshiruvlarni ham o‘tkazmoqchilar. Ular barmoq izlarini tekshirmoqchilar va va DNK tekshiruvini o‘tkazmoqchilar. Biz ham bu kabi tekshiruvlarni o‘tkazishni o‘tkazishni xohlagandik, lekin bunga qo‘l urmadik. Chunki Gulnora Karimovaning asl barmoq izlari yoda DNK namunasini olish imkoni bizda juda kam edi.

BBC: Ular, Gulnora Karimovaning barmoq izlari va DNK namunasini qanday olishlarini aytishganmi va ularni hujjatlardagilari bilan qanday solishtira olishadi?

Frederik Louren: Ular Gulnora Karimovaning barmoq izlari va DNK namunasini qanday olishadi - bunisini men bilmadim. Biz ham ulardan bu haqda so‘radik, ko‘rinishicha, ular bu kabi namunalarni olishga muvaffaq bo‘lishlariga ishonadilar.

BBC: Ularni qo‘lga kiritish uchun qanday yo‘l tutishlari haqda biron narsa deyishdimi? O‘zbekistonga o‘z odamlarini yubora olmasalar kerak?

Frederik Louren: Ha biz ham bu haqda so‘radik. Hozircha bir nima deyishmayapti. Aytishayotgani bu yo‘lda politsiya bilan hamkorlik qilmoqdalar. 10 mamlakatdagi politsiya kuchlaridan yordam berishlarini so‘rab murojaat qilayotganliklarini aytishdi. Mening taxminim shuki, politsiya yordami bilan bu kabi namunlarni qo‘lga kiritishmoqchi.

BBC: Teliasonera bilan Gulnora Karimova o‘rtasidagi bu kabi aloqalarni aniqlash v isbotlash nima uchun muhim?

Frederik Louren: Bu hujjatlarda Teliasonera va Gulnora Karimova odamlari o‘rtasidagi 2012 yili o‘tkazilgan yaqin muzokarlar qayd etilgan. U yerda Teliasonera o‘zining O‘zbekistondagi eng asosiy raqibi bo‘lgan Uzdunrobitaning yopilishidan so‘ng qo‘lga kiritgan ko‘p sonli mijozlar uchun to‘lanadigan haq ham tilga olingan. Esingizda bo‘lsa Uzdunrobita go‘yoki soliqlarni to‘lashdan bosh tortgani uchun yopilgandi va 9 millionga yaqin mijozlari boshqa mobil telefon shirkatiga o‘tishga majbur bo‘lgandilar. O‘sha mijozlarning kattagina qismini Teliasonera oldi. O‘sha hujjatlarda Gulnora Karimova Teliasonera qo‘liga kelib tushgan bu yangi mijozlar uchun to‘lov masalasini muhokama qilayotgani ko‘rsatilgan. U yerda shuningdek rasmiy tashkilotlardan himoya uchun haq masalasi muhokama qilingan. Masalan soliq va monopoliyaga qarshi qo‘mitalardan Tashqi ishlar vazirligi va hakazolardan. Va Gulnora Karimova shuningdek xayriya tashkilotlari uchun haq talab qilgani ko‘rsatilgan. Bu xayriya tashkilotlari oraisda Fond Forum ham bo‘lgan. Teliasonera aynan bu kabi haq to‘langanini rad etmaydi, tasdiqlayapti. Teliasonera Takiland shirkati bilan ham muzokara olib borganligini rad etmayapti. Ularga ko‘ra, Takiland haq evaziga bu kabi himoyalarni taklif etgan ammo ular rozi bo‘lishmagan, ammo xayriya tashkilotiga yordam berishga rozi bo‘lishgan. Agarda Teliasonera 2012 yoz oylarida bu kabi muzokarlarni olib borganligi tasdiqlansa, shirkatni Shvetsiyaning korruptsiyaga qarshi qonunlarni buzganlikda javobgarlitkka tortish uchun asos bo‘ladi. Bu Shvetsiyalik tekshiruvchilar uchun yana shuning uchun muhimki, 2012 yili 1 iyulidan boshlab Shvetsiyada korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytiruvchi yangi qonun kuchga kirgan. Bu yangi qonunga muvofiq bron turdagi korruptsiyaga olib keluvchi har qanday muzokaralarga kirishish ham man qilingan. Shuning uchun bu hujjatlardagi ma‘lumot va dastxatlar Gulnora Karimovaga tegishli ekanligini isbotlash ana shu jihatlardan juda muhimdir.