Tolibon ayg‘oqchilikda ayblangan ikki bolani qatl etdi

Image caption Qandahor Afg‘onistonning eng notinch mintaqalaridan hisoblanadi.

Tolibon josuslik qilgani uchun ikki bolaning boshlarini tanalaridan judo qilgan.

Bu xabarni Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyati hokimining so‘zchisi BBC bilan suhbatda ma‘lum qilgan.

Qatl etilganlardan birining o‘n yashar bolakay bo‘lgani aytiladi.

Bolakay Qandahor viloyatining Zoriy tumanida politsiyadan oziq-ovqat yordami olgani xabar qilingan.

Qandahor hokimi bolalarning qatl etilishini Islomga zid, vaxshiy amal, deya qoralagan.

Tolibon so‘zchisi qatl amaliga ularning aloqasi yo‘qligini aytgan.

Boshi tanasidan judo etilgan bolalardan ikkinchisining 16 yoshda bo‘lgani xabar qilinadi.

O‘tgan yili Tolibon mamlakat janubi va sharqida ikki bolakayning qatl etishda ayblangan edi.