Kobuldagi Oliy mahkama binosi nishonga olindi

Kobuldagi Oliy mahkama binosi yaqinida yuz bergan portlashda 3 kishi nobud bo‘lgan.

Shahar politsiyasining bildirishicha, bu xudkushlik amaliyoti bo‘lgan.

Hodisada kamida 7 kishi tan jarohati olgan.

Xabarlarda shaharning xorijiy vakolatxonalar joylashgan hududida yirik portlash ovozi quloqqa chalingani aytiladi.

Oliy mahkama binosi Kobuldagi Amerika elchixonasidan 200 metrlar uzoqlikda joylashgan.

Portlash mahkama xizmatchilari ishdan uylariga qaytayotgan payti ro‘y bergan.

Shohidlar pachaqlanib ketgan avtomashinani ko‘rishgani va avtobuslarning oynalari to‘kilib ketganini aytishgan.

Tafsilotlar kelishda davom etmoqda.