Braziliya 2014: Jahon chempionatiga roppa-rosa bir yil qoldi

Suratlar muallifi: Braziliya Sport Vazirligi

Bugun - 12 iyun kuni futbol bo‘yicha 2014 yilgi jahon chempionatining start olishiga roppa-rosa bir yil qoldi. Bu galgi jahon chempionatiga dunyodagi eng mashhur "Marakana" kabi stadionga mezbonlik qiluvchi va Pele kabi afsonaviy futbolchining vatani - Braziliya mezbonlik qiladi. Ayni sana munosabati bilan e‘tiboringizga havola etilayotgan maxsus xarita orqali jahon chempionati uchrashuvlari bo‘lib o‘tajak stadionlarga sayohat qilishingiz mumkin bo‘ladi.