Joanna Lillis: Karimov so‘zlari mehnat muhojirlarini "kamsituvchidir"

Image caption Xorijda, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 6 millionga yaqin o‘zbekistonlik mehnat muhojiri bor.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining uyga yuborayotgan mablag‘lari Rossiya markaziy banki ma‘lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili deyarli 6 milliard dollarni tashkil etgan.

Xalqaro tashkilotlar hisob-kitobiga ko‘ra, bu malag‘ mamlakat yillik yalpi ichki mahsulotining 10 foizdan ko‘prog‘idir.

Mamlakat iqtisodi uchun bu mablag‘ muhim hissa bo‘lishidan tashqari ko‘plab oilalar uchun ta‘minot manbai ham hisoblanadi.

Jizzax va Sirdaryo viloyatiga safar qilgan prezident Islom Karimov xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni dangasa

O‘zbekiston rahbarining millionlab muhojirlarga qarata aytgan bu so‘zlarini qanday talqin qilish mumkin?

BBC Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha tahlilchi, Joanna Lillisga bog‘landi.

Joanna Lillis: Menimcha, janob Karimov tomonidan qilingan izhorotning vaqti e‘tiborga loyiq. U muhojirlarga nisbatan kamsituvchi gaplarni kecha aytdi, undan bir kun avval esa AQSh davlat departamentining yillik hisobotida O‘zbekiston inson savdosi darajasi bo‘yicha bir pog‘ona pastga, ya‘ni eng past pog‘onaga tushgani aytilgandi. Bu jahon bo‘yicha inson trafikingi sohasida O‘zbekiston ahvol eng abgor bo‘lgan davlatlar qatorida ekanini anglatadi. Mening fikrimcha, bu izhorotning ayni shu hisobotdan keyin yangrayotgani Toshkentga trafiking bo‘yicha eng past darajaga tushirilish og‘ir botgani belgisi bo‘lishi mumkin. Ko‘rinishicha, prezident Karimov bu borada g‘azabini xorijda ishlash uchun ketgan muhojirlarga qaratganga o‘xshaydi.

BBC: Siz bu izhorotni kamsituvchi, deya atadingiz. Bu so‘zlarni Rossiyada ishlab yurgan millionlab o‘zbekistonliklar va balki ularning vatanda qolgan yaqinlari haqorat sifatida qabul qilishlari mumkinmi?

Joanna Lillis: Albatta, bu so‘zlar kamsituvchidir. Janob Karimov "dangasa, tilamchi, sharmandalik", - degan iboralarni ishlatdi. Bu so‘zlar aynan birovga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaratilmagan, umumiyroq ma‘noda aytilgan bo‘lsa ham, ma‘nosidan aynan mehnat muxojirlariga qaratilgani aniq. U ishlatgan so‘zlar kamsituvchi va haqoratli ekaniga shubha yo‘q. Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojilar bu so‘zlarni eshitsalar, albatta o‘zlarini haqortalngan his qilishlari mumkin. Xorijda hozirda millionlab mehnat muxojirlari ishlamoqdalar, ortda qolgan yaqinlari ularning uyga yuborayotgan pullariga yashaydilar. Bu pullarni ishlab topish uchun muhojirlar juda og‘ir mehnat qiladilar. Albatta, men ular uchun bu haqorat deb ayta olish mavqeida emasman, lekin ular buni shunday qabul qilishlari ehtimoli juda katta.

BBC: Prezident Karimov "hech kim O‘zbekistonda ochdan o‘layotgani yo‘q", - deb aytdi, u ishsizlik va amaldagi vaziyatni tan olmayapti, deb ayta olamizmi?

Joanna Lillis: Menimcha, xorijga yo‘l olgan ko‘plab muhojirlar vatanda ishlash imkoni topa olmaganlari uchun ketganlar. Ish topgan hollarida ham maoshlari yetarli bo‘lmagan hollari bor. O‘zbekistonda ishsizlik rasman 5 foiz deb aytilgan. Lekin bu raqam ortida ulkan yashirin ishsizlik muammosi bor. O‘zbekistonda ko‘plab ishsizlar fermerlar sifatida qayd qilingan, ular bir parcha yerda ishlab, buning ortidan hech qanay pul topmayotgan bo‘lsalar ham ish bilan ta‘minlangan hisoblanadilar. Xullas, O‘zbekistonda ish topish imkonlari kam, yashirin ishsizlik ulkan, maoshlar yetarli emas. Ana shular tufayli insonlar xorijga xohlaganlari uchun emas, majbur bo‘lganlari uchun ketmoqdalar. Janob Karimov ana shu voqelikni ko‘rishdan bosh tortayapti, menimcha. O‘zbek oilalari yuz tutayotgan muammolarni ko‘rmayapti.

BBC:Janob Karimov "sharmandalik" iborasini ishlatdi. Ahvol siz aytayogandek bo‘lsa, prezident mamlakat rahbari va iqtisodning ahvoli uchun mas‘ul shaxs sifatida bu "sharmandalik" uchun mas‘ul bo‘lishi kerakmi sizningcha?

Joanna Lillis: Alabtta, mamlakatda bir shaxs 20 yildan ko‘proq rahbarlik qilib kelayotgan bo‘lsa, joriy ahvol uchun u javobgar bo‘lmay kim bo‘ladi? Mamlakatda ahvol qanday bo‘lmasin prezident Karimov bu vaziyatning vujudga kelishiga mas‘ul bo‘lgan asosiy shaxslardan biridir. Agarda u xorijga ish topish uchun ketish sharmandalik, deb o‘ylasa albatta ularni bunga majburlagan sharoitni yaratgan kishi sifatida u ham bu sharmandalikka sherik bo‘lishi kerak. Odamlar Rossiyaga dangasa bo‘lganlari uchun emas, pul topishlari kerak bo‘lgani uchun ketmoqdalar. Bu so‘zlarni eshitib, o‘zlarini haqoratlangan sezgan muhojirlar albatta ularning taqdiri uchun prezident Karimov bir qadar masu‘l ekanligini ham his qiladilar.

Muhojirlar nima deydi?

Oxirgi yillarda O‘zbekistondan xorijga pul topish uchun yo‘l olgan o‘zbekistonliklar soni haqida aniq rasmiy raqamlar yo‘q, lekin norasmiy raqamlarda ularning soni bir necha million, deb aytiladi.

BBC prezident Islom Karimov "millat sha‘niga sharmandalik olib kelayotgan", deya aytgan ana shu millionlab o‘zbekistonliklardan biri bilan bog‘lanib, janob Karimov izhoroti unga qanday ta‘sir qilganligini so‘radi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyada ishlayotgan boshqa mehnat muhojiri esa prezident Karimov fikrlariga qo‘shilishini aytadi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC Islom Karimovning mehnat muhojirlari haqida aytgan so‘zlariga muxlislar fikrlarini o‘rganishga harakat qildi. Quyida ularning ba‘zilari e‘tiboringizga havola etiladi:

SL: Karimovdan jirkanmaydigan tomon topish qiyin bulib qoldi. Uzbekistondagi hatto kichkina kursiga utirib olgan odam tinimsiz chetga pul toshish bilan ovora, lekin don't give a sh*** about ordinary people! Aslida uni siyosatini maqtab yurgan va uni kuproq taxtda qolishini taminlayotgan odamlar ham narigi dunyoda "majbur edim" degan bahonasi qanchalik utishini bilmadim, u yog'i Ollohdan.

--------------------------------------------------------------------------------

Uzbek, Uzbekiston: Nega muxojirlar dangasa ekan va nega urtok Karimov muxojirlardan jirkanar ekan? Axir muxojirlar kutarib turibdiku iktisodiy tanglikni? Dangasa odam uzok yurtlarga borib oilasini bokish uchun kancha kiyinchiliklarga bardosh berib yurmaydi, dangasa odam sokkasini berib, Uzbekistonda ish bitirib, ugrilik kilib oila bokyapti, muxojirlar jirkansa arziydi bunaka raxbardan, kimsan jirkanish sanga kolibdimi,Uzbekistonda agar sharoit bulsa svet gazni berib kuy kani usha bechora muxojirlar ketadimi chetga?

--------------------------------------------------------------------------------

Hashmat: Agar dunyodagi boshqa birorta davlat prezidenti "men o'z fuqarolarimdan jirkanaman" desa o'sha vaqtning o'zidayoq siyosiy hayotiga nuqta qo'yiladi.

--------------------------------------------------------------------------------

Uzbek, Turon:

Menga kolsa Rossiyaga kelmas edim, Uz yurtimdan uzga joyni bilmas edim, Ishsizlikdan bu yurtlarga kelib koldim, Kulday ishlab dangasaga chikdim mana.

.................................................................

Kelmay desam yer uchastka olish kerak, Kenjamga tuy,kattamga uy solish kerak, Kizlarga sep,sandik javon kilish kerak Kulday ishlab dangasaga chikdim mana.

Urtanchamni ukimishli kilmok kerak, Ukishiga xar yili besh million kerak. Mard uzbekka mardikorlik xavas emas, Kulday ishlab dangasaga chikdim mana.

Ayolim xam ogir ishga yaramaydi, Shifokorlar kuruk kulga karamaydi, Davolashga kamida uch million kerak, Kulday ishlab dangasaga chikdim mana.

Yonmagan gaz,svetga pul berish kerak, Kish kelmasdan utin,kumir olish kerak. Xech bulmasa kuruk tezak terish kerak, Kulday ishlab dangasaga chikdim mana.

Menga kolsa Rossiyaga kelmas edim....

--------------------------------------------------------------------------------

Azimbay Ataniyazov: k,izik, gap bu'pdi-ku, xa, ,, Pulat kanday toblandi" dan ruxlanib usgan avlod vakildan boshkacha gap chikishi kiyin

--------------------------------------------------------------------------------

Axror UZ: Bizni davlatda ko'tariliwingaham q6yiwmidi, naloglar iwbilarmonlarimizni qurutiwadi.... Karimov bunday gapirmasa b6lardi, o'zi warmanda b6lsin wu halqiga chet eldagi waroitlarni qilib bera olmaganiga

--------------------------------------------------------------------------------

Shaxnoza Xon: To'g'ri aytilgan gap. Wuyerdayam hech kim ochdan o'lgani yuq! Iwlagan tiwlaydi, bizam rivojlanib taraqqiy etib olaylik ko'chalarimizni supurtirib pul to'laymiz hali... O'wa kunlar keliwini kutib yawayman!

--------------------------------------------------------------------------------

Davron Nasimov: Shahnozaxon:

Adashasiz Shahnozaxon. Bizda o'girlayotgan, davlatni talon-toroj qilayotganlar albatta yashayapti. Oddiy aholini esa hukumat faqat ezishni bilad. Majburiy paxta mehnati shulardan bir misol (qaysi davlatda majburiy mehnat bor ekan?! Qamoqxonadan farqi yo'q-ku bizda!)

Bizni sharmanda qilayotgan bu Karimov va uning qizi. Buni o'zlari ham yaxshi bilishadi.Qo'rqqanidan ham xalqni miyasiiga shunday bemazza gaplarni quyib keladi...

Rossiyada ishlab oilasini boqib yuruvchilarni esa men millatimiz qahramonlari deb bilaman!

--------------------------------------------------------------------------------

Umid Xolliyev: men xozir haftada 5kun 4soat uchun 150dollorga ishchi topa olmayapman. yana tushlik meni hisobimdan xamma Rossiyaga ketgan qolganlari. haqiqatda "dangasalar" men buni ikki karra ishonch bilan aytaman. uyida bekor o‘tiradi ammo 150 dollarga 4soat ishlamaydi.

--------------------------------------------------------------------------------

Xasanboy Toshbayyev: bu menimcha bulmagan gap uzbekiston fukorolarini prizidetga karshi kilish uchur uylab topilgan Odamzotri riskiri kayokka sochgan bulsa usha yyerdan teradi xudoni aytgani buladi bandasini aytgani yemas. Bodshox xechkachor bunday demaydi

--------------------------------------------------------------------------------

Komronbek Jalilov: bilmayman, Rossiya vaqtida uyalmay o'rta osiyodan faqat resurs tashigan, poezd vagonlarida, endi osiyoliklar o'shalarni qaytarib olishayapti, bu yerda adolatsizlik yo'q, Rus yeri shundoqam resurslarga boy davlat

--------------------------------------------------------------------------------

Soxiba Xayitboyeva: Mehnatning aybi yo‘q! Mehnatkash xalqidan oriyat qilguncha, yarim yalang‘och, shirakayf tushgan rasmlari dunyoga tarqalgan qizidan oriyat qilsin!!!

--------------------------------------------------------------------------------

Hasan Gayub: Prezident Karimov haqiqiy hayot realliklaridan uzilib qolgan!

--------------------------------------------------------------------------------

Sher Nazarov: Men bugun ROSSIYa va xorijda mexnat kilayetgan xar bir muxojirni bugungi kunning KAXRAMONLARI deb bilaman. Ular u yerda ishlashga majburlar... Mamlakatda kuplab insonlarning chikib ketishiga mamlakatda amaldorlarning biznesga taziyki sabab. Axir ular milliardlab mablag junatishi xisobiga milliy valyutamizning kasod bulishini oldini olmayapti-mi? Kora bozorni valyuta bilan ta‘minlamayapti-mi? Bizni butun dunega ShARMANDA kilayetganlar - bu bizning amaldorlardir. Uzimizga yetmagan gazni xorijga eksportini kupaytirish ShARMANDALIK emasmi? Kullanilayetgan kiynoklar-chi? Uni e‘tiborga olmaganlar-chi? Yeki muntazam elektr energiyasidagi uzilishlar Sharmandalik emas-mi? Biz axir 21 asrda yashayapmiz-ku? Bu savollarga nima uchun javob topilmayapti? Agar muxojirlar ShARMANDA kilayetgan bulsa KAYSI YuZ bilan ROSSIYaGA rasmiy tashrif buyuradilar... Ularning uylarida kolib ketgan bola-chakalari yuziga kanday karaydi...