Futbol: O‘zbekiston jahon chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston Yoshlar milliy terma jamoasi guruh bosqich bellashuvlarining dastlabki uchrashuvida Yangi Zelandiyani 3-0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik futbolchilar navbatdagi uchrashuvlarini endi 26 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazishadi.

Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Abbosbek Mahstaliyev hisobni ochgan bo‘lsa, Igor Sergeyev va Diyor Turopovlar qolgan ikki to‘p muallifiga aylanishdi.

Ayni o‘rinda shuni ham eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston O‘smirlar milliy terma jamoasi 2011 yilgi jahon chempionatining dastlabki uchrashuvida Yangi Zelandiyadan 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

O‘zbekiston Yoshlar milliy terma jamoasi endi Xorvatiya va Urugvayga qarshi qolgan ikki o‘yinidan birini g‘alaba bilan yakunlasa, ularga keyingi bosqich naqd bo‘ladi.

24 milliy terma jamoa orasida o‘tgan uch kun ichida bo‘lib o‘tgan 12 o‘yinda faqat sobiq chempion Ispaniya, mezbon Turkiya va O‘zbekiston yirik hisobdagi natijani qayd etishdi.

O‘zbekiston Yoshlar milliy terma jamoasining dastlabki g‘alabasi ularning "F" guruhidagi peshqadamliklarini ta‘minladi.

Jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari esa, bugun 24 iyun kuni start oladi.

O‘zbekiston Yoshlar terma jamoasi joy olgan "F" guruhi vakillari 2-tur uchrashuvlarini 26 kuni chorshanba kuni boshlashadi.

Yangi Zelandiya Urugvayga qarshi maydonga tushsa, oradan uch soat o‘tib, O‘zbekiston Xorvatiyani qabul qiladi.

Har ikkala o‘yin ham Bursadagi "Otaturk" stadionida o‘tkaziladi.

"Bo‘lajak jangga shaymiz"

Yakshanba kungi uchrashuvlari arafasida Bursadan BBC O‘zbek Xizmatiga bergan eksklyuziv suhbatida jamoa Bosh murabbiyi Ahmadjon Musayev "shogirdlari bo‘lajak jangga shay ekani"ni aytgandi.

"Har doimgidek birinchi o‘yinimiz tezroq boshlansaydi, deb hammamizda hayajon, ayniqsa, yigitlarimizda. Hammasi sog‘, omon, eson", deydi Ahmadjon aka.

"F" guruhida to‘p surayotgan O‘zbekiston keyingi bosqichga chiqish uchun Yangi Zelandiya, Xorvatiya va Urugvay bilan kuch sinashadi.

O‘zbekiston futbolchilar o‘zlarining ilk uchrashuvlarini 23 iyun kuni Okeaniya chempioni - Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazishadi.

"Bursa Ataturk Stadium" stadionidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat kechki 19:00 da boshlanadi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, uchrashuvni Antonio Arias boshchiligidagi paragvaylik hakamlar brigadasi boshqaradi.

O‘zbekiston Yoshlar milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi, "Jahon chempionatida ishtirok etayotgan 24 milliy terma jamoaning har bittasi har bir narsaga qodir bo‘lishi, yaxshi hozirlik ko‘rgan bo‘lishi va bejizga bu bosqichga yetib kelmagani"ni aytadi.

Ammo Ahmadjon Musayev, "Har bir inson kabi barcha milliy terma jamoalarni hurmat qilishlari, lekin ularning hech biridan qo‘rqmasliklari, bunga yetarlicha asoslari bor"ligini ham alohida ta‘kidlaydi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bosh murabbiy jamoaning jahon chempionatiga lozim darajada hozirlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan yetarlicha sharoitlar yaratib berilgani, birinchilik arafasida Iroq, Portugaliya, Chili, Ispaniya,..kabi qator milliy terma jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida qayd etgan natijalari bunga misol ekanini aytadi.

O‘zbekiston O‘smirlar milliy terma jamoasi Meksikadagi so‘nggi jahon chempionatida chorak finalda aynan Urugvayga yengilib, o‘z tarixida ilk bor yarim finalga chiqish baxtidan mosuvo bo‘lgandi.

Image copyright uff.com
Image caption Ahmadjon aka Musayev bu fakt Urugvayga qarshi guruh bosqich uchrashuvlarida o‘zlarini zarracha cho‘chitmasligini ham alohida urg‘ulaydi

Ahmadjon aka Musayev bu fakt Urugvayga qarshi guruh bosqich uchrashuvlarida o‘zlarini zarracha cho‘chitmasligini ham alohida urg‘ulaydi.

"Bunday olib qaraganda, u jamoa bilan bu jamoaning orasida juda katta farq bor. Meksikadagi yigitlarimizdan olti nafari bu galgi tarkibga kiritilgan. Ular alam olish ishtiyoqida. 1993 yilda tug‘ilgan boshqa yigitlarimiz ham o‘yinga judayam shay bo‘lib turishibdi".

"Tayyorgarlik yaxshi. Biz Gollandiyadan tortib, to Urugvay, Xorvatiyagacha hammani hurmat qilamiz. Jamoada muhit yaxshi. Xudoga shukr, jarohatlar ham yo‘q", deydi O‘zbekiston Yoshlar milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi.

Turkiyada 21 iyun kuni start olgan jahon birinchiligida o‘z oldlariga qo‘yilgan maqsadni ochiqlarkan, Ahmadjon aka, "Uzoqni ko‘zlashlari, lekin oyoqning tagiga ham qarab yurilmasa, qoqilib qolish mumkinligi falsafasi"ga tayanishlarini aytadi.

"Xullas, bolalarimiz jangovar ruhda. Yuksak natijalarni kutishga asoslimiz. Lekin, siz aytganingizdek, futbolda hech nimani bashorat qilib bo‘lmaydi".

O‘zbekiston O‘smirlar milliy terma jamoasi ketma-ket tarixiy natijalar qayd etib, o‘zining ko‘rsatgan o‘yini bilan Meksikada katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Ko‘plab futbol tanqidchilari esa, maydonda qanchalik hujumkorliklarini ko‘rib, o‘zbekistonlik futbolchilarga "dovyurak" sifatini ham berishgandi.

Image caption O‘zbekiston O‘smirlar milliy terma jamoasi ketma-ket tarixiy natijalar qayd etib, o‘zining ko‘rsatgan o‘yini bilan Meksikada katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi

Meksikada O‘zbekiston O‘smirlar milliy terma jamoasining Jahon chempionatining final bosqichiga chiqishini bashorat qilayotganlar ham ozmuncha emasdi.

Agar chorak finalda Urugvayni yenggan taqdirlarida, o‘zbekistonlik futbolchilar yarim finalda Braziliyaga qarshi to‘p surgan bo‘lishardi.

Meksikadagi jahon birinchiligi ishtirokchisi Javlon Mirabdullayev BBC O‘zbek Xizmati bilan suhbatida sobiq jamoadoshlarining Turkiyada yaxshi natijalar ko‘rsatishlari va ularga ishonishini aytadi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Bolalarga ishonaman. Yutishadi, Urugvayni ham, hammasini yutib, guruhdan 1-o‘rinni olib chiqishadi, degan umiddaman".

Suhbatdoshimiz jahon chempionati bellashuvlari arafasida jamoaga "omad va o‘z kareralaridagi eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishlarini tilab qolishi"ni ham aytadi.

"Biz chiqishga muvaffaq bo‘lgan bosqichdan ham yuqoriroqqa chiqishlarini xohlaymiz. Yarim final, finalgacha chiqishlarini xohlaymiz. Balki chempion bo‘lib qaytib kelishar. Ko‘zim shunga yetadi. Chunki bolalarimizga ishonaman".

2013 yilgi jahon birinchiligining kecha 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki to‘rt uchrashuvi esa, Ovro‘po qit‘asi vakillarining ustunliklari bilan yakun topdi.

Portugaliya, Ispaniya, Frantsiya o‘z raqiblarini yirik hisob bilan mag‘lub etishdi.

Kubani 1:2 hisobida mag‘lub etgan Janubiy Koreya esa, jahon birinchiligi guruh bosqich bellashuvlarini g‘alaba bilan boshlagan ilk Osiyo jamoasi bo‘ldi.

Bugun:

KOLUMBIYa - AVSTRALIYaMEKSIKA - YuNONISTONTURKIYa - AL SALVADORPARAGVAY - MALI

dastlabki guruh bosqich bellashuvlarida bir-birlariga qarshi maydonga tushishadi.