AQSh Snoudenni topa olmay xunob yo maxsus yo‘lovchisiz uchoq

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘z josuslik ma‘lumotlarini tashqariga sizdirgani uchun AQSh qo‘lga tushirishni istayotgan Edvard Snoudenning qayerdaligi mavhum qolmoqda.

Oldinroq uning Hong Kongdan Moskvaga uchib kelgani aytilgandi. U yerdan esa Kuba orqali Ekavadorga uchishi taxmin qilingan. Chunki Snouden Ekvadordan siyosiy boshpana so‘ramoqda.

Ammo Moskvadan Havanaga uchgan Rossiya uchog‘ida Edvard Snouden ko‘rinmagan.

AQSh esa o‘z josuslik xizmatining sobiq xodimini bemalol chiqarib yuborgan, deb Xitoy va Rossiyani qattiq tanqid qilmoqda va bu o‘rtadagi munosabatlarga soya tashlamay qolmasligini ta‘kidlamoqda.

Hong Kong esa uni ushlab topshirish bitilgan AQSh talabnomasida kamchiliklar borligini aytgan va janob Snoudenning Rossiyaga uchib ketishiga to‘sqinlik qiluvchi hech bir sabab yo‘q edi, demoqda.

Rossiya esa Edvard Snouden rasman o‘z chegarasiini kesib o‘tmaganini urg‘ulayotir. Ilgariroq janob Snouden Moskvadagi Sheremetevo havo qo‘nalg‘asi tranzit hududi qolmoqda, degan xabarlar chiqqandi.

Amerikalik 30 yashar Snouden AQSh hukumati odamlarni qanday qilib kuzatishi haqidagi ma‘lumotlarni matbuotga oshkor etgandi.

AQSh o‘z fuqarosi bo‘lgan Snoudenning pasportini bekor qilgan, ammo shunga qaramay, uning Hong Kongdan bemalol Moskvaga uchganini Pekin va Moskvaning o‘zaro kelishilgan amali sifatida ko‘rmoqda.