Tojikiston Prezidenti tinchlikni saqlab qolish uchun kamroq tanqid qilishni so‘radi

  • 27 Iyun 2013
Image copyright BBC World Service
Image caption Imomali Rahmon Tojikistonni qariyb 22 yildan buyon boshqarib keladi.

Imomali Rahmon Yer yuzidagi tinchlikni saqlash haqqi mamlakatdagi vaziyatni kamroq tanqid qilish kerakligini aytdi.

Tojikiston Prezidenti bu haqda mahalliy partiya va ommaviy axborot vositalariga murojaat qilib, ular o‘z mas‘uliyatlarini har doim yodda saqlashlari kerakligini urg‘uladi.

Janob Rahmonga ko‘ra, siyosiy firqalar va jurnalistlar Yer yuzidagi tinchlik uchun jamiyatdagi barqarorlik to‘g‘risida o‘ylashlari lozim.

"Dunyodagi murakkab sharoitda mamlakatimiz ishonch bilan olg‘a borishida milliy birlik, tinchlik, barqarorlik suv kabi zarur,-degan Imomali Rahmon mamlakatda besh yillik fuqarolik urushining tugashiga bag‘ishlangan marosimda so‘zga chiqib.

Joriy yilning noyabr oyida Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak.

Shu sababli mamlakatni 22 yildan buyon boshqarib kelayotgan Rahmonga qarshi muxolif tomonidan tanqidlar yangramoqda.

Prezidentning o‘zi yana yetti yillik muddatga boshqarish uchun saylovlarda ishtiroki haqida aytmagan, lekin tahlilchilar uning qatnashishiga umuman shubha qilishmaydi.

Shu bilan birga poytaxtda o‘tgan Milliy Birdamlik kunida 64 nafar juftlik nikoh rishtalarini bog‘lashgani xabar qilinadi.

Dushanbe shahar hokimi Mahmasaid Ubaydullayev kam ta‘minlangan oila vakillari bilan uchrashib, nikoh marosimini qanday o‘tkazilishini maslahatlashgan.

Birdamlik kuni arafasida Dushanbe istirohat bog‘ida 221 bola sunnat to‘yi o‘tkazilgan. Bolalarga bepul ziyofat qilib berib, sovg‘alar ulashilgan. Har bir to‘y bola uchun ochilgan hisob raqamida 1 ming somoni pul bor.

Davlat televideniyesi orqali davlat moddiy ko‘mak bergan odamlar prezidentga rahmatlar aytishgan.

Biroq muxolifatning ishonishicha, qilinayotgan bu sahovatlar xalqqa qayishish emas, balki bo‘lajak saylovlar oldidan bir niqob xolos.