Johar Tsarnayevga 30 banddan iborat ayblov e‘lon qilindi

Image copyright Getty
Image caption Mahkama Tsarnayevni ilgari surilayotgan ayblovlarda aybdor deb topsa, unga o‘lim jazosi berilishi mumkin.

AQShda Boston marafoni final chizig‘ida portlashlarni uyushtirganlikda gumon qilinayotgan Johar Tsarnayevga nisbatan ayblov e‘lon qilindi.

Ayblov 74 sahifadan iborat bo‘lib, endi birato‘la to‘rt qotillik ayblovi qo‘shilgan.

19 yoshli Johar oldinroq Boston portlashlarida halok bo‘lgan uch kishini o‘limida ayblangan edi. Bunga qo‘shimcha Johar va uning akasi Tamerlan Massachuset shahar talabalar shaharchasida 26 yoshli politsiyachi Shon Kolliyerni ham o‘ldirganligi gumon qilinmoqda.

Ayblov hujjati 30 banddan iborat, undan 17 tasi o‘lim yoki umrbod qamoq jazosi beriladiganlarga qo‘llaniladi.

Ayblov qog‘ozida Johar Tsarnayevning politsiyadan yashiringan payti qayiq devoriga yozgan yozuvlari keltirilgan.

Mahkama Tsarnayevni ilgari surilayotgan ayblovlarda aybdor deb topsa, unga o‘lim jazosi berilishi mumkin. Bu masala alohida majlisda ko‘rib chiqilishi aytiladi.

Johar Tsarnayev qotillik, ommaviy qirg‘in quroli qo‘llash, o‘g‘irlik va jinoyat sodir etish payti o‘q otish qurolidan foydalanganlik kabi ayblovlardan iborat.

Shuningdek, ayblov hujjatida aytilishicha, Johar Tsarnayev akasi 26 yoshli Tamerlan Tsarnayevning o‘limiga ham aloqador bo‘lib, politsiya bilan otishma payti uning ustidan mashina haydab o‘tgan.

Johar politsiya uni ushlash amaliyoti payti yaralangandan buyon Boston yaqinidagi qamoqxona kasalxonasida saqlanmoqda.