Qozog‘istonda AN-2 qishloq xo‘jalik uchog‘i halokatga uchragan

Image caption Falokat natijasida O‘zbekiston fuqarosi Sergey Kapilaj halok bo‘lgan.

Hodisa mamlakat janubidagi Qizil O‘rda viloyati Shag‘an aholi maskani yaqinida 28 iyun kuni yuz bergan.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, uchoq "Aziya Kontinental Aerlans" shirkatiga qarashli bo‘lib, guruch ekilgan maydonlarga dori sepayotgan bo‘lgan.

Falokat natijasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Sergey Kapilaj hayotdan ko‘z yumgan. Ikkinchi uchuvchi qozog‘istonlik Valeriy Silavol og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgani xabar qilinadi.

Uchoq qulagandan keyin yuzaga kelgan yong‘in uch soat o‘tib o‘chirilgani aytilmoqda.

Falokat sabablarini o‘rganish boshlangan.

Respublika Transport prokuraturasi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochgan.

Bundan oldinroq Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida Amerikaning yonilg‘i tashuvchi uchog‘i halokatga uchragan, uchoq bortidagi uch kishi halok bo‘lgandi.

O‘shanda aviahalokat tabiat hodisasi ta‘sirida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingandi.