Shinjonda "terrorga qarshi kurash" amaliyotlari boshlangan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shinjon Uyg‘uristonida shu haftada ikki zo‘ravonlik hodisalari ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Luqchun shaharchasida 35 inson halok bo‘lgani xabar qilindi.

Xitoy rasmiylari Xo‘tan shahrida 100 dan ortiq mototsikllarga mingan va pichoqlar bilan qurollangan olomon politsiya idorasiga hujum qilgani haqida xabar tarqatdi.

Biroq muhojirotdagi Uyg‘ur faollar zo‘ravonliklarning rasmiy Pekin taqdim qilayotgan talqinini shubha ostiga olmoqdalar.

Ayni paytda kommunistik firqaning ikki yuqori mansabdagi a‘zosi Shinjon Uyg‘uristoni markazi Urumchiga yuborilgan, ehtimoliy hujumlar oldini olish maqsadida kechayu-kunduz patrul xizmati yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan.

Xitoy televideniyesi harbiylar yig‘ilishini namoyish etgan, mahalliy Uyg‘urlarning zo‘ravonliklarni qoralagan so‘zlarini ko‘rsatgan.

Xitoy televideniyesi kadrlari asosida tayyorlangan videolavha.