Nima uchun o‘zbek bolalari ko‘proq Xitoy o‘yinchoqlarini o‘ynashadi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright none
Image caption O‘zbekiston bozorlarida ko‘pda Xitoyda ishlab chiqarilgan o‘yinchoqlar sotiladi

O‘zbekiston bozorlarida sotilayotgan ayrim Xitoy o‘yinchoqlari sog‘likka zarar yetkazishi mumkin. Mamlakatdagi Noviy Vek gazetasi ana shu xavotirli maqola bilan chiqqan.

Unda jurnalist Munira Rahimjonova o‘yinchoqlarni o‘rganadi va o‘ta o‘tkir hid anqib turgan ayrim o‘yinchoqlardan zarra yetishini anglash uchun maxsus tekshiruvdan o‘tkazish ham shart emasligini ta‘kidlaydi.

Xitoyda ishlab chiqarilgan ko‘plab mahsulotlar salomatlikka zararli bo‘lib chiqqan hollari tez-tez uchraydi.

Ammo, Xitoy o‘yinchoqlari kimyoviy tarkibi, sanitariya va gigiyena qoidalariga qanchalik mos tushishi borasida ma‘lumotlar ancha kam.

O‘zbekiston bozorlaridagi o‘yinchoqlarning aksari esa, xorij, ayniqsa, Xitoy mahsulotlaridir.

O‘yinchoqlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning BBCga aytishlaricha, aynan mana shu chetdan keltiriladigan o‘yinchoqlarning savdosi ham chaqqonroq.

Ammo, O‘zbekistonning o‘zida o‘yinchoqlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq vaziyat qanday? Biz bu borada oldin o‘yinchoq savdosi bilan shug‘ullangan tadbirkorni suhbatga tortdik.