Qozog‘istonda Rossiyaning odamsiz raketasi qulab tushdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyaning Proton-M raketasi parvozdan bir necha soniya o‘tib-o‘tmay qulab tushgan. Ushbu odamsiz raketa Qozog‘istonning "Boyqo‘ng‘ir" (Baykanur) kosmodromidan uchirilgandi.

Rossiya televideniyesidan namoyish etilgan videotasvirda raketa o‘t olishidan oldin parchalarga bo‘laklanib ketgani aks etgan. (BBC: video ovozsiz berilmoqda)

Interfaks axborot agentligiga ko‘ra, 500 tonna zaharli raketa yonilg‘isi halokat sathiga to‘kilgan bo‘lishi mumkin.

Jarohatlanganlar borasida xabarlar yo‘q.

Proton-M Rossiyaning GLONASS navigatsiya tizimi uchun uchta sun‘iy yo‘ldosh olib uchayotgan bo‘lgan.

Halokat sabablari hozircha ma‘lum emas.

BBCning Moskvadagi muxbiri Stiv Rozenberg xabar qilishicha, bu Proton-M raketasi bilan bog‘liq ilk halokatli hodisa emas.

Xuddi shunga o‘xshash raketa 6 yil muqaddam parvoz payti qulab tushgan va 2010 yilda ham uch kosmik apparatni koinotga olib chiqish urinishi muvaffaqiyatsiz yakun topgandi.