VICh virusining kompyuter grafikasi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qo‘shma Shtatlarda VIChga chalingan ikki bemor ilik ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti ortidan virusdan xalos bo‘lganlari aniqlangan. Va ularga VIChni davolash uchun beriladigan dori-darmonlari to‘xtatilgan. Bu haqda Xalqaro SPID Jamiyati Konferentsiyasida e‘lon qilingan.

Biroq, Bostondagi shifoxona xodimlari VIChga davo topilgani haqida gapirishga hali erta ekanini aytishmoqda. Ularga ko‘ra, virus endi hech qachon qaytib kelmasligini bashorat qilish qiyin.

Bundan oldin ilik ko‘chirish ortidan SPIDdan xalos bo‘lgani aytilgan boshqa bemorga VIChga chidamli inson donorlik qilgan.

Bugun xabar qilinayotgan ikki holatda esa, ilik oddiy donorlardan olingan.