Prezident uchog‘ini yarim yo‘lda to‘xtatib Snoudenni izladilar

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Boliviya hukumati ba‘zi Ovro‘po davlatlari tomonidan Prezident Evo Moralesni olib uchgan samolyot yo‘nalishi o‘zgartirilishini tajovuz deya ta‘riflagan.

Uchoq bordida Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi va Milliy Xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden borligi taxmin etilib, Avstriyaga qo‘ndirilgandi.

Avstriya Tashqi ishlar vazirligi voizi esa, Snouden janoblari bordda bo‘lmaganini tasdiqlagan.

Shundan so‘ng, Prezident Morales o‘z yo‘lida davom etgan, ammo Moskva aeroportida qolayotgan Snoudenning taqdiri hamon qorong‘u qolmoqda.