Muhammad Mursiy: yaxshi musulmon, yomon boshqaruvchimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Image copyright Getty

Bundan bir yil muqaddam Misrda Prezident Muhammad Mursiy hokimiyatga kelgan payt, bu eng avvalo, siyosiy Islomning g‘alabasi sifatida ko‘rilgandi.

So‘nggi voqealar esa Musulmon Birodarlarning mag‘lubiyati sifatida talqin etilmoqda.

Biroq ushbu yetakchi islomiy kuchni Misr siyosiy sahnasidan itqitib yuborishga urinishlar vaziyatni yanada beqarorlashtirishi mumkinligi aytiladi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Misrdagi voqealar Arab bahoridan keyin mintaqada yuzaga kelgan vaziyatni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.

BBC Misrdagi demokratiya va siyosiy Islomning taqdiri borasida AQShda yashayotgan sobiq diplomat, arabshunos Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bilan suhbatlashgan.