Misrda Prezident Mursiy qudratdan chetlatildi

Image copyright AP
Image caption Misrda "to‘ntarish" ro‘y berdimi?

Misr armiyasining rahbari televizion orqali jonli murojaatida mamlakat konstitutsiyasi to‘xtatib qo‘yilganini ma‘lum qilgan.

General Abdul Fattah Al Sisi diniy va harbiy rahbarlar bilan birgalikda hozir bo‘lgan va prezidentlik vazifalarini Konstitutsion mahkamaning rahbari bajarib turishini aytgan.

Uning bu chiqishi Prezident Mursiyning ortiq qudratda emasligini ochiqlaydi.

Mursiy janoblariga qarshi namoyishlar Qohiraning Tahrir xiyobonida ayni televizion murojaatni olqishlar bilan kutib olishgan.

Mursiy janoblariga qarshi namoyishlar to‘rt kundan beri davom etar va avvalroq Misr armiyasi unga 48 soat ichida siyosiy inqirozni bartaraf etish ultimatumini qo‘ygan edi.

Genal Sisining murojaatidan keyin Papa Tovardos Ikkinchi va muxolifat rahbarlaridan Muhammad Al Baradey qisqa bayonotlar bilan chiqishgan.

Al Baradey janoblari yangi reja – yo‘l xaritasi milliy murosa uchun asos bo‘ladi.

Mursiy janoblarining Musulmon Birodarlariga tegishli televizion kanallar havo to‘lqinlaridan olib tashlangan.