AQSh: Yer yorilib mashinani yutib yubordi

  • 4 Iyul 2013

AQShning Ogayo shtatidagi gavjum yo‘l yorilib, ketayotgan bir avtomobilni yutib yuborgan.

Yer osti suv quvuri yorilishi tufayli o‘pirilgan o‘raga qulagan mashina haydovchisi omon qolgan.

Ba‘zan sun‘iy, ba‘zan tabiiy yemirilishlar tufayli yer yorilishi hollari uchrab turadi.

Bir necha oy oldin AQShdagi bir uy ostidagi yer yorilib, uxlab yotgan erkak butun boshli yotoqxonasi bilan birga yer ostiga kirib ketgandi.

Ammo o‘shanda yer ostiga tushib ketgan erkakning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagandi.