Siyosiy Islom Tojikiston va yo Markaziy Osiyo uchun qanchalar xavf?

Image copyright BBC World Service

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakat fuqarolarini siyosiy hushyorlikka chaqirgan va Islomni siyosiylashtirish oqibatlaridan ogohlantirgan.

Janob Rahmon har yili Ramazon oyi oldidan tojikistonlik ulamolar bilan uchrashadi, navbatdagi uchrashuvida ana shunday ogohlantirishlar bilan chiqqan.

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida Tojikiston davlat televideniyesi maxsus ko‘rsatuv namoyish etgan.

"Ayrim guruhlar va shaxslar demokratik huquqlar va ozodlikni su‘iste‘mon qilishmoqda. Ular o‘z siyosiy maqsadlariga dinni dastak qilib erishish harakatidalar. Jamiyat orasida bo‘linish va norozilikni urchitmoqdalar, biz diniy tozalik va musulmonlarning haqlarini himoya qilamiz degan bahonalar bilan yoshlarimiz ongini zaharlamoqdalar...Davlatning tinchligi va xavfsizligiga rahna solishmoqda. Ular hatto jamiyatimiz taraqqiyot yo‘lini o‘zgaritishmoqchi..." deydi Tojikiston Prezidenti.

"Biz diniy masalalar va e‘tiqod erkinligiga befarq qarab turolmaymiz. Biz dinimizning pokligini saqlab qolishimiz va Islomni siyosatlashtirish urinishlarida siyosiy hushyor bo‘lishimiz kerak. Chunki, ba‘zi islomiy davlatlarda tarixiy va diniy ziddiyatlar kuchayib ketdi va ular butun Islom dunyosiga xavf solmoqda..." deya qo‘shimcha qilgan Rahmon janoblari.

Prezident Rahmonning siyosiy Islomdan xavotirlari qanchalar o‘rinli?

Siyosiy Islom Tojikiston va yo Markaziy Osiyo uchun xatarli deb da‘vo qilinar ekan, bu da‘volarda qanchalar jon bor?

Suhbatdoshimiz siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi