Afg‘oniston: ayolning hasratiga bugun kim quloq tutadi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bugun Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistondagi ayollar vaziyatini mubohasa etadi.

Ilk bor Afg‘on hukumati ayollarga nisbatan davom etayotagan zo‘ravonliklarning oldini olish uchun qanday choralari ko‘rilgani borasida hisob berishlari kerak.

So‘ngi paytda Afg‘onistonning viloyat kengashlarida ayollar ishtirokiga chek qo‘yilib, parlament maishiy zo‘ravonlik borasidagi qonunni tasdiqlashdan bosh tortmoqda.

Xullas, bugunda afg‘on ayollari duch keladigan maishiy muammolarini hal etish uchun bosh urib boradigan joylari ko‘p emas.

Ammo, Afg‘onistonda ayollar muammolarini yorituvchi teledastur tashkil qilingan.

Ba‘zi afg‘on ayollari o‘z dardu hasratlarini ana shu "Niqob" deb nomlangan teledasturda bayon qilishadi.