Samarqand shahrida "shaffoflik eksperimenti" qanday natija berayapti?

Image copyright TRACING TEA

Samarqand shahrining hokimi mahalliy jurnalistlarni to‘plab qilinayotgan ishlar haqida hisobot bergan, savollarga javob qaytargan.

Mahalliy amaldorlar jurnalistlardan qochib yuradigan O‘zbekiston uchun bu katta yangilik va Samarqand shahri hokimi Akbar Shukurovning jurnalistlar bilan ushbu muloqoti Samarqand va Buxoro viloyatlarida eksperiment sifatida o‘tkazilayotgan mahalliy davlat organlarining shaffofligini ta‘minlash amaliyoti doirasida tashkil qilingan.

Brifingda qatnashgan taniqli jurnalist va blogger Toshpo‘lat Rahmatullayevning BBCga aytishicha, Samarqand shahri hokimi Akbar Shukurov barcha sohalar bo‘yicha olti oy mobaynida shaharda qanday ishlar amalga oshirilganiga to‘xtalgan. Ayni shu yo‘nalishlarda yilning ikkinchi yarmida nimalar rejalanganini aytib bergan.

Brifing yakunida jurnalistlar Samarqand shahri hokimidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olganlar.

"Men o‘zim tanqidiy maqolalar yozadigan jurnalist sifatida Samarqand shahar ro‘znomasi va bu ro‘znomada e‘lon qilinadigan tanqidiy maqolalarga shahar hokimligi munosabatidan xursandman", deydi Toshpo‘lat Rahmatullayev.

"Kichkina tanqidiy maqola chiqsa ham chora ko‘rishga harakat qiladilar", deydi blogger.

Toshpo‘lat Rahmatullayevning aytishicha, bunday ochiqlik, shaffoflik tajribasi Samarqand shahrida muammolar kamayishiga, odamlarning muammolarining tezroq hal etilishiga yo‘l ochgan.

U endi Samarqand viloyati hokimligi va viloyatdagi boshqa davlat organlari rahbarlarining shahar hokimi Akbar Shukurovdan o‘rnak olishlariga umid qilinayotganini aytadi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Prezident Islom Karimov shu yil mart oyida imzolagan farmoyishga ko‘ra, "shaffoflik eksperimenti" Samarqand va Buxoro viloyatlarida 1 yil davomida o‘tkaziladi.

Uning mazmuni - davlat organlari o‘z faoliyati haqida xalqqa hisobot berishlari va odamlarning shikoyatlarini qisqa vaqtda hal etishlari lozim, matbuotni muntazam xabardor qilib borishlari kerak.

Prezident Karimov "Davlat idoralarining shaffofligi" borasidagi yangi qonunning loyihasini ikki viloyatda sinab ko‘rishga buyruq bergan.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, hukumat idoralari har qanday shaxsdan tushgan arz va shikoyatga 15 kun ichida, matbuot so‘rovlariga yetti kun mobaynida javob qaytarishlari kerak.

Farmoyishda davlat boshqaruvi idorasiga murojaat qanday shaklda bo‘lishidan qat‘i nazar, og‘zakimi, yozmami, elektron pochta orqalimi yoki o‘zining ishonchli vakili orqali bo‘ladimi, bu idora javob qaytarishi shart.

Bir yildan keyin ikki viloyatda o‘tkazilgan eksperimentlar xulosalariga tayanib davlat idoralari ochiqligi yoki shaffofligi haqidagi qonunni qabul qilish mo‘ljallangan.

Xo‘sh, bu tajriba Samarqand shahrida amalda qanday ish berayapti?

Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Alimardon Rahmatullayev BBCga quyidagilarni gapirib berdi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi