"Farg‘ona kanali ostida minglab mahbuslar suyuklari yotibdi"

Image copyright none

O‘zbekistonlik tarixchi olim Anvar Nazirov sho‘rolar davrida Markaziy Osiyodagi lagerlarda o‘lim darajasi olmon fashistlari lagerlaridagi o‘lim darjasidan ham yuqoriroq ekanligi haqida tadqiqot natijalarini chop etgan.

"Otalarmizni qanday o‘ldirishgandi: Eseschilar bizning chekistlarning o‘ngida avliyo", deya nomlangan maqolada Anvar Nazirov SazLAG nomi ostida yuritilgan Markaziy Osiyo hududida Sho‘rolar davrida mavjud bo‘lgan lagerlar tizimidagi o‘lim holatlari natsistlarning eng mash‘um Buxenvald lageridagi o‘lim holatlari bilan miqyosi solishtirilgan.

Maqolada aytilishicha, SazLAG tizimi 1930-1943 yillarda faoliyat yuritgan.

Arxiv materiallariga iqtibosan bu lagerlarda bo‘lgan mahbuslar soni ham keltirilgan. Masalan, tizim tashkil etilgan 1930 yilda 2660 nafar mahbus bo‘lgan.

1943 yilga kelib esa ularning soni 36 mingdan oshgan.

Tadqiqotchi Anvar Nazirovga ko‘ra, bu mahbuslardan ko‘plari turli qurilish loyihalarida majburan mehnat qilganlar. Ulardan ko‘plari turli qiyinchiliklarga yuz tutib, olamdan o‘tganlar va ko‘p hollarda tegishli yo‘lda dafn etilmagan.

Yana arxiv materiallariga asoslanib olimning aytishicha, Farg‘ona Kanali qurilishida ishtirok etgan ko‘plab mahbuslarning jasadlari suv ostida qolib ketgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi