Saraton to‘qimalarini topib oladigan "aqlli" jarrohlik tig‘i yaratildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Londondagi uchta onkologiya kasalxonasida "aqlli jarrohlik tig‘i" tajriba sifatida qo‘llanmoqda.

Ushbu tig‘ jarrohlik amaliyoti chog‘i saratonga chalingan barcha to‘qimalarni bitta qoldirmay aniqlab, olib tashlaydi.

Tajriba mualliflari bo‘lmish Britaniyadagi Imperial Kollej tadqiqotchilari mazkur tig‘ tibbiyotda ulkan muvaffaqiyat, deyishmoqda.

Ko‘p hollarda saraton amaliyotidan keyin ham ba‘zi zararlangan to‘qimalar qolib ketadi va kasallik yana bosh ko‘taradi.

Ammo bu tig‘ bilan o‘tkazilgan jarrohlik barcha kasal to‘qimalarni bitta ham qoldirmay olib tashlashi isbotlandi.

Ayni tig‘ni keng tadbiq etish hozircha qimmatga tushadi. Lekin kelasi besh yil ichida Britaniyadagi barcha onkologiya kasalxonalari ushbu "aqlli tig‘ni" ishlata boshlaydilar.

O‘n yil ichida esa butun dunyo bo‘ylab uni qo‘llash imkoni yuzaga kelishi mumkin.