Turkiston Islomiy partiyasi ayollarni o‘z safiga yollamoqdami?

Britaniyada chop etilayotgan The Sunday Times ro‘znomasi va Internet nashri The Long War Journal bilan birgalikda Turkiston Islomiy partiyasi guyoki ayollarni o‘z safiga yollayotgani borasida video chiqargan.

Bir daqiqalik videoda boshidan oyog‘igacha o‘ralgan ayollar, deb ishonilgan bir guruh turli qurol yarog‘lardan foydalanayotganlari namoyon etilgan.

Ularning o‘quv mashqlarini bir erkak boshqarayotgani ko‘rilmoqda.

Mashq o‘tash jamlog‘ining joyi ma‘lum bo‘lmasa ham, video Pokistonning Tolibon nazorat qilayotgan qavmlar hududida olinganiga ishoniladi.

Kuzatuvchilarning aytishlaricha, jangari guruhlar ushbu hududni mashq o‘tkazish uchun jamlog‘larni tashkil qilishgan.

Mintaqani yaqindan kuzatayotgan peshovarlik tahlilchi Rahimullo Yusufzayning aytishicha, videoning asil bo‘lganiga asos bor.

Rahimullo Yusufzay: Video Turkiston islomiy partiyasiining "Islom Ovozi" degan audio tarmog‘idan chiqarilgan va ularning harakatlaridan bilamizki, bu video xorijiy axborot vositalariga berilgan. Nazarimda bu video haqiqiyga o‘xshaydi. Chunki o‘tmishda ham bu guruh yosh o‘smirlarni o‘z saflariga yollashi uchun o‘quv mashqlaridan o‘tayotganlari borasida ham videolar chiqargan, shuning uchun men o‘ylaymanki, bu video ham asil bo‘lishi mumkin.

BBC: Lekin bu videoni nashr etishi bilan Islomiy Turkiston partiyasi juda kuchli targ‘ibotni ishga solmoqda, ya‘ni xatto ayollar jang qilishlariga tayyor deb. Ularning oilalari va turmush o‘rtoqlari qayerda va bu ayollar kim o‘zi?

Rahimullo Yusufzay: Bu ayollar borasida qo‘limizda aniq ma‘lumotlar yo‘q, lekin taxminlarimizga ko‘ra, boshida Afg‘onistonda va keyinchalik Pokistonning qavmlar hududida o‘rnashib olgan O‘zbek va boshqa Markaziy Osiyo jangarilari o‘z oilalari bilan turishgandi. Ba‘zilar mahalliy ayollarga uylangan bo‘lib, farzandli bo‘lishgan. Ularning ayollari hijobda va o‘z yuzlarini ochishmaydi. Ularning erkaklari shuncha yillar kurashib kelayotganlariga guvoh bo‘lgan bu ayollar, bolalar ham radikallashib ketishlari mumkin. Biroq aynan videoda namoyon bo‘lgan ayollar kimligini biz bilmaymiz. Videoda bir guruh ayollar erkak treneri raxbarligida o‘quv mashqlaridan o‘tishyapti. Hamda orqada Islomiy turkiston partiyasining moviy rangdagi bayroqi xilrirab turishini ko‘rishimiz mumkin. Ba‘zi manbalarga ko‘ra, bu partiya Al- Qoidaga aloqasi bor.

BBC: O‘tmishda bu partiya yoki O‘zbekiston Islomiy Harakatining ayollarni yollashga oid holatlar bo‘lganmi?

Rahimullo Yusufzay: unday xolatlar ya‘ni ayellar xudqushchi xujumchilar yeda janglarga tayerlash uchun askarlar sifatida yellanishi borasida xech narsa ma‘lum emas ayellarning ishtirogida sodir bo‘lgan hujumlar ro‘y berishini kutishimiz mumkin . Bunday xolatlar xali beri ro‘y bermagan, deb ishonaman. Biroq biz Afg‘oniston va Pokistonda xudkushchi ayollar portlashlarga qo‘l urganlari borasida eshitganmiz, lekin ular mahalliy xalq orasidan bo‘lganlar, ya‘ni arab yoki markaziy osiyolik bo‘lishmagan.

BBC: Ayollar uchun xalq orasiga borish nisbatan osonroq bo‘lgani uchun Bu kabi jangari guruxlar taktikasini o‘zgartirishyapti deb aytsak bo‘ladimi?

Rahimullo Yusufzay: To‘g‘ri , ayollar erkak kirolmagan joylarga osongina borishlari mumkin. Bundan keyin, ular burqa yoda xijobda bo‘lganlari sabab ularni sinchkovlik bilan tekshirish qiyin bo‘ladi. Boshqa tomondan, Turkiston islomiy partiyasi yoda O‘zbekiston Islomiy Harakatiga a‘zo bo‘lgan erkaklaring soni xam anchayin qisqargan. Pokistonning qavmlar xududida va Afg‘onsitonda Ularning bari bor yo‘g‘i bir necha yuzni tashkil qiladi. Shuning uchun markaziy osiyelik jangarilarning tasiri uncha katta deb aytolmayman.

BBC: Ayollarni faol yollanishi va xarbiy mashqlardan o‘tkazilishiga Chechenistondagi voqealar o‘z tasirini qilgan deb aytolamizmi, chunki Moskva shaxarlarda ham chechen ayellari intixoriy hujumlarda ishtirok etishgan.

Rahimullo Yusufzay: Bu ham to‘g‘ri, chunki nafaqat bunday harakatlar bir biridan ilhomlanib, sodir bo‘ladi. Masalan bir necha yil muqaddam, mintaqada intihoriy hujumlar unchalik tarqalgani yo‘q edi, xozirda esa Afg‘oniston bilan Poikstonda biz deyarli har kuni intihoriy hujumlarga guvox bo‘layapmiz. Bunday xolatlarga nafaqat Chechen jangarilari ta‘sir qilgan, balki Suriyadagi voqealar ham ularni ilhomlantiradi. Bular hammasi bir biriga bog‘liq bo‘lib, bir biriga tasir qiladi.