Pokiston: Ramazon oyida ayollarning bozorga yolg‘iz kirishi mumkin emas

Image copyright AP
Image caption Diniy ulamo muqaddas Ramazon oyida yolg‘iz ayollarning yurishlari beadablikdir, deya tariflagan.

Pokiston shimoli-g‘arbidagi islomiy ulamolar va qavmlar oqsoqollari ayollarning bozorlarda yolg‘iz xarid qilishlarini taqiqlaganlar.

Haybar-Paxtunxva viloyati diniy rahbari aytishicha, ayniqsa muqaddas Ramazon oyida yonida erkak hamrohisiz ayol kishining savdo qilishi axloqsizlik bo‘ladi.

Bu haqdagi qaror juma kuni Karak shaxarchasining masjidida bo‘lib utgan yig‘ilish natijasida qabul qilingan.

Ulamolardan biri Mavlono Mirzahakim ko‘chalarda muqaddas Ramazon oyida yolg‘iz ayollarning yurishlari beadablikdir, deya tariflagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorga kirib kelayotgan yolg‘iz va yonida erkak qarindoshi bo‘lmagan ayolning o‘zi pashtun madaniyatiga ziddir. Yolg‘iz ayolni ko‘rgan erkakning tahorati buzilishi mumkin, deb hisoblaydi Mavlono Mirzahakim.

Mazkur taqiq masjidlarda targ‘ibot qilinadi, deb aytgan diniy ulamo.

Maxalliy xabralarga ko‘ra, bu g‘oya bilan chiqqan erkaklar politsiyaga taqiqni qo‘llab quvatlashlarini so‘rashgan, biroq politsiya xodimlari bunga rozi bo‘lishmagan.

Ulamolar bozordagi dukondorlarga yolg‘iz ayollarga mahsulotlarini sotmaslik talabi bilan murojaat qilishgan.

Pokistonning shimoli g‘arbidagi qavmlar turadigan hududlarda ayollar boshidan oyoqgacha o‘ralib yurishi lozim va uylaridan ko‘chaga chiqishmaydi.

Tolibon po‘pisalari va jamiyatda hukm surayotgan ojizalarga nisbatan tazyiqlar bois, ko‘plab pokistonlik ayollarning huquqlari toptalmoqda.